Qadimgi Misr dini



Yüklə 30,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.12.2023
ölçüsü30,49 Kb.
#193772
Qadimgi Misr dini - Vikipediya



Qadimgi Misr dini
Qadimgi Misr dini
- “Nom”larning
rahnamo xudolariga siginishga
asoslangan. Mil. av. IV asrda qabilalar
“nom”lar deb atalgan.
Har bir qabila o‘z xudosiga ibodat qilish,
uni e’zozlash bilan bir qatorda o‘sha xudo
bilan qandaydir jihat bilan bog‘liq
muayyan hayvonni ham e’zozlagan va
unga sig‘ingan. Masalan, Elefantinda -
qo‘yga, Denderada - sigirga, Siutda-
chiyabo‘riga, Germopolda - ibis (laylakka


o‘xshash uzun oyoqli qush) va pavianga
(ittumshuq maymun), al-Fayyum
vodiysida- timsohga, Bubastisda esa
mushukka sig‘inilgan. Janubiy Misrning
qadimiy birlashishiga asos bo‘lgan
Nexenda kalxat ayol xudosi, unga yaqin
joylashgan Naxabda suv nilufari, Shimoliy
Misr birlashuvining qadimiy markazi
Butoda muqaddas ilon, qo‘shni Pe
jamoasida esa asalari ilohiylashtirilgan.
Mazkur holdan kelib chiqqan holda,
deyarli barcha mahalliy rahnamo-
xudolarga hayvon-odam shaklini berish
kelib chiqqan. Masalan, mushuk
keyinchalik mushuk boshli Bastet
xudosiga, lochin - Gor xudosiga aylangan.
Shuningdek, Tot ibis boshli, Anubis it


boshli, Sobek timsoh boshli, Soxmet
urg‘ochi sher boshli, Xatxor xudosi sigir
boshli qilib tasvirlangan. Ko‘rinib turibdiki,
Qadimgi Misr dinlarida ko‘proq totemistik
unsurlar saqlanib qolgan.
Misr xudolari orasida Nexebt, Xatxor,
Neyt, Soxmet, Neftida kabi ko‘p sonli ayol
xudolar ham mavjud bo‘lgan.
Misrning birlashish davridan avvalroq
butun Misrning umumiy xudolari kulti
vujudga kelganligini kuzatish mumkin.
Agar biron-bir qabila Misrning
birlashtirilishida asosiy o‘rinni egallasa,
o‘sha qabilaning xudosi umumdavlat
ma’budiga aylangan.
Umumiy xudolar orasida eng
qadimiylaridan biri G’or xudosi bo‘lib,


avval unga Iyerakonpol va Edfuda
sig‘inganlar. Bu mintaqadan chiqqan
podshoxdar Misrning ilk
birlashtiruvchilari bo‘lganlar (1-2-sulola;
mil. av. to‘rtinchi ming yillikning oxiri).
Ular o‘z qabilaviy xudolarini umummisr
quyosh xudosiga aylantirdilar.
Mamlakat poytaxti Memfisga
ko‘chirilgach (3-sulola; mil. av. 3000 y.
atrofi) Misrning asosiy rasmiy xudosi
Ptax nomli mahalliy xudo bo‘lib qoldi. Mil.
av. 2700 yillar atrofida 5-sulola hokimiyat
tepasiga kelgach esa On (Geliopol)
shahri bilan bog‘liq bo‘lgan Atum (Ra)
xudosi Misrning oliy xudosiga aylandi.
11-12-sulolalar davrida (mil. av. 2100-
1800 y.) juda ham mashhur bo‘lmagan


Amon xudosi umummisr xudolarining
asosiysiga aylandi va oldingi oliy xudo Ra
bilan birlashib Amon-Ra shaklini
oldi.Mamlakatning birlashtirilishi
natijasida mahalliy xudolar ham ikkinchi
darajali ma’budlarga aylanganlar.
Germopol xudosi Tot (Ibis) olimlar va
kotiblar rahnamosiga, Siut xudosi Anut
narigi dunyo hukmdoriga, Latopolning
ayol xudosi urush xudosiga, Koptos
xudosi Min ajnabiylar rahnamosiga
aylandi va h.k.
Qadimgi Misrda podshoh - fir’avnlarning
ilohiylashtirilish holatlarini kuzatish
mumkin.Mamlakatni birlashtirgan Gor
xudosiga sig‘ingan qadimiy podshoxdar
o‘zlarini xudolarining panohida deb


hisoblaganlar va hatto, o‘zlarini uning
nomi bilan ataganlar. 5-sulola davridan
boshlab, fir’avn quyosh xudosi Raning
o‘g‘li deb sanaladigan bo‘ldi. Podsholarni
xudoning o‘g‘li deb bilish milodning
boshlarigacha davom etgan.
Podshohning o‘zi asosiy diniy
marosimlarni shaxsan ijro qilgan:
ibodatxonalarga asos solgan, uning
yolg‘iz o‘zi xudoga atalgan qurbonliklarni
ado etgan. Ruhoniylar faqatgina podshoh
nomidangina ish yuritganlar. Fuqarolar
uning huzurida yer o‘pib ta’zim qilganlar,
podshoh nomini aytish taqiqlangan, diniy
ramzlarda uning surati aks ettirilgan.
Bularning hammasi podshoh nasabining
xudoga tegishli deb e’tiqod qilinganidan


darak beradi.
Qadimgi Misrda dafn marosimlari asta-
sekin taraqqiy etib bordi. Avvalda o‘lgan
odam jasadini yonboshlatib, ba’zi
ashyolar bilan birga ko‘mganlar. Ba’zan
jasad bo‘laklarga bo‘lib ko‘milgan.
Vaqto‘tishi bilan, ayniqsa, podshoxdar
dafn rasm-rusumlari o‘zgarib borgan.
Sag‘analar bora-bora keng va murakkab
uslubda qurila boshlagan. Avval yerdan
ozgina yuqori ko‘tarilgan piramida
shaklida, keyinroq esa baland piramida
shaklini olgan. Vafot etgan podshohning
jasadi mumiyolanib dafn etilgan.
Keyinchalik podshoh mulozimlari,
so‘ngroq o‘rta tabaqa kishilari ham
mumiyolanadigan bo‘lgan.


Mumiyolashning murakkab texnologiyasi
tobora rivojlanib borgan. Mumiyolash
ruhoniylar tomonidan bajarilgan. Ular bu
ishda juda mohir bo‘lganlar. Mana
shuning uchun ham ular tomonidan
mumiyolangan jasadlar bugungi kunga
qadar saqlanib kelmoqda.
Qadimgi Misrda jasadlarning
mumiyolanishi o‘limdan keyingi hayotga
bo‘lgan ishonchdan darak beradi.
Qadimgi misrliklar e’tiqodlariga ko‘ra,
odam o‘lishi bilan uning jasadidan uning
nomi (ren), ruhi (ba), joni (ka) chiqib
ketadi. Ka-insonning joni jasadning
taqdiri bilan bog‘liq hisoblangan. Ka
o‘lmas emas, agar jasad kerakli anjomlar
bilan qo‘shib dafn etilmasa, “ka” ochlik va


chanqokdan o‘lishi mumkin. Agar turli
sehrli duolar yozib qo‘yilmasa, “ka”ni
narigi dunyodagi maxluqlar yeb qo‘yishi
mumkin. Jasad yaxshilab mumiyolanib,
uzoq saqlansa yoki hech bo‘lmasa, uning
ustixoni qancha uzoq saqlansa, ruhi ham
shuncha uzoq yashaydi.
Misrliklarning esxatologik tasavvuriga
ko‘ra, oliynasab, boy kishilar o‘lgandan
keyin narigi dunyoda farovon hayot
kechiradilar. Ushbu tasavvurlar haqida 6-
sulola vakillari sag‘analarida aks
ettirilgan suratlar xabar beradi. Bu kabi
farovon hayotga, ularning fikricha, bu
dunyoda ham farovon hayot kechirganlar
yetishgan yoki bunday hayotga sehr-jodu
bilan erishish mumkin bo‘lgan. Misrliklar


qadimgi e’tiqodida marhumlar
rahnamolari bo‘lgan xudolar haqida
tasavvurlar mavjud bo‘lgan.O‘rta
podshoxlik davrida o‘lganlar ruxlari
ustidan hukm chiqarish haqidagi
tasavvurlar paydo bo‘lgan. Bu ta’limotlar
piramidalar matnlarida uchramaydi. Ular
Osiris xudosini ruhlar ustidan hukm
qiluvchi xudo sifatida
ta’riflaganlar.Qadimgi Misr dinlari tarixida
sehr-jodu katta o‘rinni egallagan.
Bizgacha yetib kelgan yozma va tasviriy
manbalar, ashyoviy dalillar xalq
hayotining turli sohalarida Misr tarixining
barcha bosqichlarida sehrgarlikdan keng
foydalanilganligidan dalolat beradi.
Jumladan, tibbiyot bilan bog‘liq davolash-


himoyalash sehrgarligi bunga yaqqol
misoldir. Misr tibbiyoti, xususan,
dorishunosligi nisbatan yuqori o‘rinda
turgan va ularning barchasi sehrgarlik
tasavvurlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Undan
tashqari, ob havo sehrgarligi ham amalda
ko‘p qo‘llangan. Mana shunday
marosimlardan biri Raning dushmani
Apopga qarshi Fiva ibodatxonasi
ruhoniylari doim quyosh porlab turishi
uchun har kuni sehrgarlik marosimlarini
o‘tkazar edilar
[1]
.
1. 
Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017
,
s. 441-445.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 8-Mart 2023, 16:07 da
tahrir qilingan.

Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva
D.
. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat
. Imom
Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti,
2017 — 480 bet.
ISBN 978-9943-5105-3-1

"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Qadimgi_Misr_dini&oldid=360
3240
" dan olindi
Adabiyotlar


Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 30,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin