Qadimgi misr madaniyati


  1. Qadimgi Misr yozuvi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix31.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92034
növüReferat
1   2   3   4   5
Qadimgi misr madaniyati

 



1. Qadimgi Misr yozuvi.
Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. 
Yozuv ma`naviy madaniyatning ajraljnas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 
6–7 ming yillar muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iyeroglif yozuvini kashf 
etganlar. Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bolgan.
Misr yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda 
etilgan. Masalan, suv so`zi uch qator to`lqinsimon chrziq, tog` so`zi ost tomoni 
tekis, yuqori tomoni qabariq, o`rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Qo`lida o`q-
yoy ushJab turgan odam rasmi jangchi, o`roq ushlab turgan kishi tasviri esa 
o`rmoq degan ma`noni bildirgan. Keyinchalik belgi-rasm shaklidagi yozuv 
takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o`tishi bilan belgi-rasm shaklidagi 
yozuvlar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik davrida misrliklar 
yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizimi paydo bolgan. 
Misrliklar dastlab alifbo va xatlarni tosh, sopol, yog`och, po`stloq, taxta, teri 
kabi buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o`sadigan papirus o`simligining 
barglari yozuv qog`ozi o`rnida foydalanilgan. Misrliklar papirus barglaridan 
varaqlar tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrgacha papirus 
o`ramlari tayyorlaganlar. Zaruriy ma`lumot, hodisa va boshqa narsalar papirusga 
yozib berilgan. Papirusga qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. 
Bu misrliklarning o`ziga xos kitobi edi. Misming turli joylaridan arxeolog 
olimlar qadimgi «papirus kitoblar»ni topishgan. Qadimgi Misr yozuvini o`qib-



o`rganishga qadimgi mualliflar urinib ko`rganlar. Lekin ular bu sohada yaxshi 
natijalarga erisha olmaganlar. Keyingi davrlarda tilshunos olimlar Misr 
iyerogliflarini o`qib chiqishga harakat qilib ko`rganlar. Lekin ular bu sohada 
muvaffaqiyat qozona olmaganlar.
Mashhur fransuz olimi Fransua Shampolon Misr iyerogliflarini o`qib 
chiqib, shuhrat qozongan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin