7
haqida hikoya», «Sinuxet hikoyasi» kabi rivoyat, afsona,
ertak va hikoyalari
diqqatga sazovordir.
Qadimgi Misr adiblari sayohatnoma,
pand-nasihat, diniy poeziya va
gimnlarga katta e`tibor berganlar. Ular shu yo`nalishda ko`plab
asarlar
yaratishgan.
«Halokatga uchragan kema haqida hikoya»da podsho konlariga qilingan
mashaqqatli sayohat haqida so`z yuritiladi. Hikoya
qilinishicha sayyohlar
dengizda dahshatli dovulga duch keladilar. Dovul ularni
«ruh oroltga
uloqtirib
tashlaydi. Orolda ulkan ilon qiyofasidagi oliyjanob podsho yashar ekan.
Ilonshoh sayyohlami yaxshi qabul qilibdi. Ularga ko`p oltin, kumush, fil tishlari,
xushbo`y narsalar, it va maymunlar berib Misrga kuzatib yuboribdi.
«Sinuxet hikoyasi»da misrlik amaldor Sinuxetning Suriyaga safari,
uning
o`zga mamlakatda ko`rgan-bilganlari, boshidan o`tkazgan og`ir mashaqqatlari
g`oyat go`zal iboralar bilan bayon etilgan.
Shunday qilib, Qadimgi Misr badiiy ijodi mazmun
jihatidan xilma-xil va
boy bo`lib, jahon adabiyotining durdonalari qatoridan munosib o`rin olgan.
Dostları ilə paylaş: