Qadimgi quyosh kalendarlari


Qadimgi grek kalendarlari



Yüklə 40,25 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü40,25 Kb.
#196702
1   2   3   4
QADIMGI QUYOSH KALENDARLARI

Qadimgi grek kalendarlari.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida Oy-quyosh kalendari tuzildi. Bu davrda liar bir polis o'z kalendarini ishlab chiqadi. Ular bir-biriga mos kelsa- da, liar bir kalendarning o‘z afzallik tomonlari bor edi. Ular bir yilni har bin Yangi Oy chiqishi bilan boshlanadigan o‘n ikki oyga bo‘lib chiqdi. kalendarni fasllarga moslashtirish uchun qo'shimcha o'n uchinchi oy ham |oriy qilingan.
Gretsiyaning turli shaharlarida oylarning o‘z nomlari bo‘lsa-da, Afina kalendaridagi oy nomlari bir muncha keng tarqaldi.
Eramizdan avvalgi 432-yilda olimpiada o'yinlarining 86 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda Afinaning markaziga parapegma (yozuv. kalendar ma’nosini beradi) o‘rnatiladi. Unda oylarning kunlari ko‘rsatib turilgan. Grek kalendarini rivojlantirishda Kalipp va Gipparx katta rol o'ynagan. Qadimgi Gretsiyada eramizdan avvalgi birinclii ming yillikning o‘rtalarigacha voqealarni yozishda hukmron shaxslarning nomidan foydalanilgan. Afinada yil hisobi kalendar uchun ma'lum bo'lgan eponimlar- ijroiya hokimiyat (arxontlar)ning rahbarlari ismi bilan belgilangan. Eramizdan avvalgi IV asrda olimpiada asosidagi umumellin yil hisobi keng tarqaldi.
Eramizdan avvalgi 776-yildan boshlab to'rt yilda bir marta boiib o'tadigan sport o'yinlari xalq tantanalaridan biriga aylandi. Olimpiya o‘yinlari yangi yil boshlanishiga qarab belgilangan. chunki kalendar sistemasidagi xatolar tufayli olimpiadaning aniq vaqti belgilanmagan edi. Olimpiya o'yinlarining vaqtini jarchilar har bir shahar xalqiga e’lon qilgan. Olimpiya yil hisobi qadimgi greklar hayotiga shunchalik chuqur kirib keldiki, ular o'z erasining boshlanishini eramizdan avvalgi 766-yil birinchi iyul qilib belgiladi, chunki ayni shu kuni birinchi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tgan edi.
Olimpiya yil hisobi birinchi bo'lib, eramizdan avvalgi 264-yilda qadimgi grek tarixchisi Time tomonidan qo'llanildi va bu hisob yetti asrcha davom etdi. 394-yili imperator Feodosiy I Olimpiya o'yinlarini bekor qiladi. Shunday boisa-da, Olimpiya yil hisobi darhol yo‘q bo'lib ketmadi. Olimpiya yil hisobida olimpiadaning tartib raqami va to'rt yilning tartib raqamidan foydalanilgan, masalan, greklar va forslar o'rtasida bo'lib o'tgan Salamin jangi 75,1 (ya’ni 75-olimpiadaning birinchi yili) yilda bo'lib o'tgan. Grek kalendari yil hisobini zamonaviy yil hisobiga aylantirish juda qiyin, chunki turli grek shaharlarida turli xildagi yangi yil har xil vaqtda boshlangan kalepdarlardan foydalanilgan.

Yüklə 40,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin