Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti Menejment yo’nalishi 13-23 guruh Jorayev Lazizbekning Iqtisodiy talimotlar tarixi fanidan fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Qadimgi dunyodagi iqtisodiy ta`limotlar
Reja:
1.Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar.
2. Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar
3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g'oyalar
Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo'lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir.

Iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo'lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog'i, xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob ro'y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo'jaligida intensiv, ko'p hollarda sug'orma dehqonchilikka o'tildi, shu asosda nisbatan turg'un qo'shimcha mahsulot olish imkoni tug'ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo'ldi.