- ekonomika – bu eng muhim ehtiyojlarni qondirish uchun bo‘ladigan dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdoda band bo‘lgan kishilarning faoliyati; - xrematistika – bu yirik savdo yo‘li bilan boylik topish.
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar (miloddan avvalgi III-I asrlar)
Qadimgi Rimda iqtisodiy g‘oyalarni ilgari surgan asosiy vakillar Mark Portsiy Katon (mil.av. 234-149 y.) Mark Terensiy Varron (mil.av.116-27 y.) Lyutsiy Yuniy Moderat Kolumella (1 asr mil.av.) Gay Grakxlar (mil.av. 153-121 y.) aka-uka Tiberiy (mil.av. 162-133 y.)
Mark Portsiy Katon
(mil.av. 234-149 y.) asosiy asari «Dehqonchilik» asosiy g‘oyalari
Katon ishlab chiqarishni tashkil etishni ayirboshlashni yaxshilashga bog‘lab, iqtisodiy ta’limotlar tarixida birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish samaradorligi muammosini ilgari suradi;
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni sotib olish zarur, deb hisoblaydi;
ortiqcha qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishni tashkil etish to‘g‘risida fikr yuritadi;
Katonning fikricha, xo‘jalikni samarali yuritish uchun barcha ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanish kerak, bunday omillarga u mehnat, yer va uni ishlash vositalarini kiritadi;
zaytun yog‘ini eng foydali mahsulot, deb qaraydi.
Mark Terensiy Varron
(miloddan avvalgi 116-27 yy.) asosiy asari - «Qishloq xo’jaligi to’g‘risida»
iqtisodiy qarashlari
tovar-pul munosabatlaridan ancha keng foydalanish zarurligi g‘oyasi ilgari suriladi;
har bir xo‘jalikning o‘zini o‘zi ta’minlash g‘oyasi ilgari suriladi.
bozor sharoitida, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirish foydali deb qaraladi;
xalq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq deb hisoblaydi;