(miloddan avvalgi I asrlar) asosiy iqtisodiy fikrlari
erkin mayda ishlab chiqarishning afzalligini ko‘rsatib beradi (qullar mehnatiga nisbatan);
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ekstensiv turidan intensiv turiga o‘tish to‘risida gapiradi, buning uchun:
- yerni sun’iy o‘g‘itlashni taklif qiladi; - agrotexnik tajribalarni o‘tkazishni zarur deb hisoblaydi.
yerlarni ijaraga berishni taklif qiladi, bunda yerni emas, balki undan foydalanish huquqini sotish kerakligini ko‘rsatib o‘tadi, chunki yer umumxalq mulki hisoblanadi;
qullar mehnatining samarasizligini dalillar bilan isbotlab beradi;
Aka-uka Tiberiy va Gay Grakx (mil.av. 153-121 y.)
Qadimgi Rimda dehqonlar qo‘lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar1 vujudga kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersiz bo‘lib qoldilar. Bunday holatning paydo bo‘lishi, ya’ni yirik yer egalari – patritsiylar va dehqon – plebeylar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi va aka-uka Grakxlarning agrar islohotlariga sabab bo‘ldi. asosiy iqtisodiy fikrlari
patritsiy yer mulkini cheklash va agrar masalalarni yechish maqsadida qonun qabul qilishni taklif etadi (m.a. 133 y.).
bu qonunga ko‘ra fuqarolar 500 (125 ga) yuger yerga egalik qilishlari, shuningdek, har bir oila 1000 yugerdan ortiq yerga egalik qilishlarini man etish ko‘zda tutiladi.
yerga egalikni qoralab, xonavayron bo‘lgan mayda dehqonlarni himoya qilib chiqadi;