Texnoparklar tarixi



Yüklə 16,59 Kb.
tarix30.04.2023
ölçüsü16,59 Kb.
#105051
Texnoparklar tarixi


Texnoparklar tarixi
Texnoparklar birinchi marta AQSHda paydo bo’lgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Stenford universitetida talabalar soni keskin oshdi va ta’lim muassasini moliyalashtirishda muammolar yuzaga keldi. Unversitet kata yer uchastkasiga ega edi, taxminan 32 km2 lekin uni sotish huquqiga ega emas edi. Cheklovlarni inobatga olgan holda muhandislik fakulteti dekan professor Frederik Terman maktab rahbariyatiga yerni ofis parki sifatida foydalanish uchun uzoq muddatli ijaraga berishni taklif qildi. Shunday qilib ta’lim muassasi daromad ola boshladi.
Texnoparklar
Texnopark innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun hududiy ilmiy-texnoogik va texnik baza bo’lib hisoblanadi. Texnopark o’zida ilmiy-tadqiqot institutlar, sanoat ob’yektlari, biznes markazlari, ko’rgazma maydonchalari, ta’lim muassasalari, shuningdek, xizmat ko’rsatish ob’yektlar; transport vositalari, kirish yo’llari, turar-joy massivlari, xavfsizlikni birlashtirgan mulk majmuasidir.
‘’Yashnobod’’ innovatsion texnoparki
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi ‘’Tashkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsion texnologiyalar parkini tashkil etish to’g’risida’’gi PF-5068-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Ushbu texnopark tomonidan quyidagi yo’nalishlarda innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda: kimyoviy texnologiyalar, biotexnologiya, o’simliklarni himoya qilish vositalari, qishloq xo’jaligi, qurilish materiallari, axborot-kammunikatsiya texnologiyalari va boshqalar.
Texnopolis
Texnopolis – shahar – yirik sanoat va ilmiy markaz. Texnopolisning yana bir nomi ilm-fan shahri. ‘’Texnopolis’’ yunoncha ikki so’zdan iborat:’’texno’’ mahorat va ‘’polis’’ shahar, shtat. Texnopolis – olis o’quv yurtlari va ilmiy texnika markazlari bilan yaqin aloqalar asosida yangi progressiv mahsulotlar ishlab chiqarish yoki yangi fanni talab qiluvchi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun yaratilgan ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi. U fan texnologiya va tadbirkorlikni birlashtiradi.
Silikon (kremniy) vodiysi (Kaliforniya). Dunyodagi birinchi va eng mashxur sanoat parklaridan biri. Uning g’oyasi va modeli boshqa ko’plab texnopolislar uchun prototip bo’ldi. Bu nom dastlab asosiy sanoat yarimo’tkazgich sanoati, kremniy esa asosiy yarimo’tkazgich bo’lganligi bilan bo’gliq. Google , Facebook, Adobe, Yahoo!, Intel, eBay, Oracle, Apple va boshqa yuzlab IT korporatsiyalari shu yerda joylashgan.
Yüklə 16,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin