Qadimgi turkiy adabiy istilohlar



Yüklə 214 Kb.
səhifə10/20
tarix06.04.2023
ölçüsü214 Kb.
#93987
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
1-20 sher

MUSADDAS JANRI
Musaddas (arabcha: oltilik) - har bir bandi olti misradan iborat boʻlgan sheʻr. Musaddaslar ikki xil boʻladi. Musaddas, shuningdek, musammat xillaridan biri. Aruzningturli vaznlarida, turli mavzularda yoziladi, a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-asr.. yoxud takror, tarje misralari, baytlari boʻlsa — a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-vv-v-a; a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-a-a tarzida qofiyalanib keladi. Musaddas ham musammatlarning boshqa xillaridagi kabi shoir yoxud ikki shoir taxallusi keltiriladi. Shu taxalluslarga qarab Musaddas sheʼr mustaqil yoki tazmin usulida yaratilganligi aniqlanib olinadi. Birinchi usulda shoir oʻzining miyeralaridan iborat oltiliklar yaratadi. U sheʼriy devon, majmua va bayozlarda baʼzan "tabʼi xud (oʻzining) Musaddas" izohi bilan berilgan. Ikkinchi usulda esa shoir oʻziga yoqqan ustoz yoki zamondosh shoir yoxud oʻz gʻazalidan tanlab, shu gʻazal baytlari oldidan unga toʻrt-toʻrt yangi miyeralar qoʻshib, gʻazal baytlarini oltiliklarga aylantirganlar. 17—20-asrlarda yashab ijod etgan shoirlardan Mashrab, Nishotiy, Huvaydo, Amiriy, Ogahiy, Nodira, Furqat, Avaz, Sidqiy Xondayliqiy, Tabibiy, Kamiy va boshqa M.lar yozishgan. Oʻzbek sheʼriyatidagi M.lar orasida, ayniqsa, Furqat qalamiga mansub "Sayding qoʻyaber, sayyod", "Etmadim", "Uch harobotiy" M.lari davr ruxining ifodalanishi, ijtimoiy mazmunining chukurligi, poetik jihatlarining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.[1]

  1. Mustaqil yaratilgan musaddaslar.

  2. Oʻzga shoir tomonidan yaratilgan gʻazallarning vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar.

Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-asr.. yoki a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-asr..
Misol: Sayding qoʻya ber, sayyod...
Sayding1 qoʻya ber, sayyod, sayyora ekan mendek, -a
Ol domini2 boʻynidin, bechora ekan mendek, -a
Oʻz yorini topmasdan ovora ekan mendek, -a
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, -a
Hijron oʻtidin jismi koʻp yora ekan mendek, -a
Kuygan jigari-bagʻri sadpora ekan mendek. -a
Kes rishtanikim, qilsun chapaklar otib jasta3, -b
Hajrida alam tortib, boʻldi jigari xasta, -b
Togʻlarga chiqib boʻlsun yori bilan payvasta, -b
Kel, kuyma balo domi birla ani pobasta4. -b
Hijron oʻqidin jismi koʻp yora ekan mendek, -a
Kuygan jigari - bagʻri sadpora ekan mendek. -a
(Furqat)

Yüklə 214 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin