1. Bosh kelishik.Qadimgi turkiy tilda ham, hozirgi turkiy tillardagidek, bosh kelishik morfologik ko’rsatkichi bo’lmasligi bilan xarakterlanadi.
Bosh kelishikda kelgan so’zning gapdagi asosiy funktsiyasi ega vazifasida kelishidir. Masalan: bilge Tonyuquq ben ozum Tabg’ach iline qilintim (To’n.).
2. Qaratqich kelishigi quyidagi variantlarga ega: -nin; -nin; -nun; -nun; -nan; -nen; -in; -in; -un; -un. Masalan: bayirkunun, burxanlarnin.
Bir affiksning turlicha ko’rinishlarda ishlatilishi singarmonizm qonuniyati bilan bog’liqdir. So’z tarkibida lablangan unli bo’lsa, -nun, -nun, -un kabi, lablanmagan unli bo’lsa, -nin, -nin, -in, -in kabi formalarda qo’shiladi. Masalan: Qag’anin, tenrinin, bodunin va b. Qadimgi turkiy matnlarda ham qaratqich belgisiz qo’llangan: Turk tenrisi Turk iduq yeri subi ancha temish (To’nyuquq-11)
3. Tushum kelishigi—g’; -g; -ig’; -ig; -ug’; -ug; -eg’; -eg; -i; -i; -n; -ni; -ni qo’shimchalari bilan ifodalangan. Masalan, su (lashkar) - sug (lashkarni); tash (tosh) - tashig’ (toshni). Elig yil esig, kuchug bermish (To’nyuquq-8). bedizchig kelurtum … sabimin simadi (KTkb). Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigidagi so’z o’zi bilan munosabatda bo’lgan fe’l bilan shunday bog’langan bo’ladiki, boshqa hech qanday kelishik bu qadar zichlikka ega bo’lmaydi. Xuddi ana shunday xususiyat qadimgi turkiy tilda ham uchraydi.
4. Vosita kelishigi qo’shimchasi -n; -in; -in; -un; -an; -en. U ish harakatning sodir bo’lgan o’rnini, boshlanish o’rnini, birgalik, vosita ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: og’lin qul bolti – o’g’li bilan qul bo’ldi. kozon kormeduk, qulqaqin eshidmeduk- ko’z bilan ko’rmadik, quloq bilan eshitmadik(KT).
5. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -g’aru; -geru; -qaru; -keru; -g’ar; -ger; -ru; -ru; -ra; -re; -qa; -ke; -g’a; -ge; -ya; -ye; -a; -e. Masalan, og’uzg’aru - og’izga; bizgeru - bizga, uyg’urg’aru, manar, sanar, maru, beru, ichre, tag’a. Masalan: benu tashqa urtum. Anar koru bilin! (KT). Ilgeru kun tog’suqine, berigeru kun ortusinaru, qurig’aru kun batsiqine yirg’aru tun ortusinaru anda ichreki budun uqup (qup?) mana korur (KT).