Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar


Abu Nasr ibn Mansur ibn Iroq



Yüklə 62,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü62,97 Kb.
#190279
1   2   3   4   5   6
abu-rayhon-beruniyning-qadimgi-xalqlardan-qolgan-yodgorliklar-asaridagi-ayrim-tarixiy-antroponimlarning-leksik-semantik-tahlili

Abu Nasr ibn Mansur ibn Iroq
– Beruniyning ustozi bo‘lib, astronomiya 
geometriya, matematika fanlariga oid bir qancha asar yozgan mashhur olim. Ibn Iroq 
taxminan XI asr boshlarida vafot etgan. Abu arabcha(kunya) – “ota”, Nasr – arabcha 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
1268 
–g‘olib, mansur – arabcha ustun turuvchi, g‘olib ma’nosida keladi. Bu nom 
Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. 
 
Qadimgilarning avjni hisoblashdagi usuli mana bunday. Ammo hozirgi 
astronomlar Quyosh turishining ikkala vaqtini aniqlash juda qiyin va buning imkoni 
deyarli yo‘qligini bilgach abcd doirasidagi nuqtalarni aniqlashda choraklar 
o‘rtalarini ya’ni “turg‘un” burjlarning nisflarini tanladilar. Ustozim Abu Nasr 
Mansur ibn Ali ibn Iroqning – amiralmo‘minning ozod quli – yuqorida aytilgan 
hisoblarni chiqarishda tutgan yo‘li Quyosh yili miqdorini belgilab olgandan keyin 
burjlar falakidan uch nuqtani kuzatishga ehtiyoj tug‘diradi
1

Al-Ja’far ibn Abdul malik az- Zayyot
– (arabcha – ja’far – oqim, ko‘l, 
Abdulmalik – xo‘jayinnig quli) abbosiy xalifalardan Al-Mu’tasimning vaziri. Al-
Mu’tasim vafotidan keyin uning o‘g‘li Al-Vosiq zamonida ham vazirlikda qoldirilgan. 
Bu nom Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. 
Havo shu kunlarda oldingi va keyingi kunlardagidan issiqroq bo‘lib, shundan 
keyin kechalar yoqimli bo‘ladi. Bu ko‘pchilikka mashhur bir narsa bo‘lib, qariyb sira 
xato kelmaydi.Muhammad ibn Abdul-Malik ibn az-Zayyot shunday degan: 
 Suv sovib kecha uzayib, sharob lazzatli bo‘ldi, 
 Haziron, tammuz, ob oylari o‘tib ketdi
2
.
Zardusht
– majusiylar(otashparastlar) dinining yarim afsonaviy asoschisi. 
(Zaratushtra Avesto tili bo‘yicha Zoroastr(yunoncha)m.a.taxminan 618, Xorazm – 
m.a.554, Balx). Naql qilinishicha, eramizdan avvalgi VII – VI asrlarda yashagan. U 
va uning dini haqida Beruniy bu nomga o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” asarida mufassal to‘xtalgan.
Avvalo, biz mana shu [bashariyatning boshlanish] tarixiga nazar solsak. Bu 
haqda u millatlar orasida ko‘pgina ixtiloflarni uchratamiz. Ixtiloflar 
shularki,eroniylar va otashparastlar olamning umri burjlar va oylar soniga muvofiq 
o‘n ikki ming yil, deb da’vo qilganlar. Ular shariatining asoschisi Zardusht esa, olam 
paydo bo‘lishidan to o‘zi yuzaga chiqqunicha chorak kunlar qo‘shilib, uch ming yil 
o‘tdi, deb da’vo qilgan
3
.
Kurush(Kir
) – Ahamoniylar sulolasi podshohi(e.a.558 – 529).Kurush – qadimgi 
forschada – quyosh, shoh, hukmdor ma’nolarida, turkchada kurush – mayda tanga 
ma’nosida keladi
.
Beruniy bu nomga o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” asarida mufassal to‘xtalgan. 
Ularning bayonicha, Kursh podshohligidan ikki yil o‘tgach, birinchi oyning 
yigirma to‘rtinchi kuni Doniyol Bobil zaminida xudoga atab namoz o‘qigandan keyin 
1
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.215. 
2
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.317. 
3
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.51. 



Yüklə 62,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin