Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023 1269
tush ko‘rdi, bu vaqtda Bani Isroil[shular jumlasidan Doniyol ham]eronliklar qo‘lida asir edi 4 . Nabonassar – Bobil podshohlaridan biri(eragacha 747 – 734).Nabonassar –
arabcha – Nabunasir, Nabu – himoyachi ma’nolarida kelgan.Beruniy bu nomga
o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida mufassal to‘xtalgan.
Bobil va Kalda olimlari shu uchrashuvlar ishiga e’tibor bilan qarab, shulardan keying yillarni tuzatganlarida, to‘fon bilan Nabonasar birinchi podshohligining boshlanishi o‘rtasidagi muddatni ikki ming olti yuz to‘rt yil, Nabonassar bilan Iskandar o‘rtasidagi muddatni to‘rt yuz o‘ttiz olti yil topganlar 5 . Undan keyin, biz bayon etgan tarixlardan Nabonassar birinchi erasi keladi.U forscha Buxtnarsiy deb ataladi. Bu nomni ko‘p yig‘lab nola qiluvchi kishi deb izohlashadi. Yaxudiycha u “Buxanassor” nomi bilan yuritilib, uning tafsiri “so‘zlovchi Merkuriy” deyishadi, chunki Nabonassar ilmni sevib, olimlarni o‘ziga yaqin tutgan. Bu ism arabchalashtirilib va yengillashtirilib, “Buxtanassar” deyilgan 6 . Fisog‘ur – (Pifagor – qadimgi grekcha – Pifiya tomonidan bashorat qilingan;
ishonarli nutq; Pifiya tomonidan e’lon qilingan).Eramizdan avvalgi VI asrda Qadimgi
Gretsiyada yashagan mataematik va faylasuf olim.Beruniy bu nomga o‘zining
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida mufassal to‘xtalgan.
Fisog‘urning ikkita shogirdi bo‘lib, birini Qaloyus, ikkinchisini Faylaqus deb atashar ekan. Qaloyus Hindiston mamlakatiga borib, Barahmanlar ta’limoti nisbat beriladigan Barahmash unga yeti yil shogird bo‘lgan va undan Fisog‘ur ta’limotini o‘rgangan. Qaloyus o‘lgach, Baraxmash yangi fikrlar ijod etib, bularni Fisog‘ur ta’limotiga qo‘shgan. Faylaqus esa Bobilga borgan. U bilan Purushosfning o‘g‘li Safid Tumon deb mashhur bo‘lgan va Zardusht nomi bilan tanilgan Vortush uchrashgan va undan ta’lim olgan 7 . Masalan, misrlik Hirmis, Ag‘odimun, Volis, Fisog‘ur, Bobo va Aflotunning ona tomonidan bobosi bo‘lmish Suvor va shunga o‘xshashlar. Daqlityonus – (Diokletian – qadimgi grekcha,ikki marta saylangan, tanlangan
ma’nolarni beradi) – 284- yildan 305-yilgacha hukm surgan. 284-yil Daqlityonus
erasining birinchi yili hisoblanadi. Xalq orasida tarqalgan “falon narsa Daqlityonus
zamonidan qolgan” iborasida ana shu Daqlityonus nazarda tutiladi.Bu nom
Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi.
4
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.53.
5
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.61.
6
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.63.
7
Беруний. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968. –Б.237.