21 T.R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari. XVIII asr oxiri - XIX asrda ro‘y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar oqibatida iqtisodiy bilimlarda ham klassik iqtisodiy maktabni
qayta ko‘rib chikish, zamonga moslash istaklari bilan o‘ziga xos muqobil
(Alternativ) g‘oyalar yuzaga kela boshladi. Fransiyalik Jan Batist Sey (1767-1832) g‘oyalarida yangi yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Uning «Siyosiy iqtisod risolasi»(1803), «Siyosiy iqtisod katexizi»(1817), «Siyosiy iqtisod kursi» (1828-30) asarlarida A.Smit g‘oyalari qo‘llabquvvatlanadi, ammo qiymat va daromadlar masalasida «Foydalilik nazariyasi» ga asos solinadi. U qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan tushunadi (A. Smitda almashuv qiymati ham bor). U xar qanday
ekspluatatsiyani inkor etadi, garmoniya (uygunlik) ni «isbotlaydi».
Seyning eng muxim kashfiyotlaridan biri «Sey qonuni», «Bozorlar
qonuni» yoki «Sotish nazariyasi» xisoblanadi. Uning fikricha, «Taklif shunga
mos talabni yaratadi», oqibatda ortiqcha ishlab chiqarish inkirozlari «Prinsipda
bo‘lmasligi» go‘yo isbotlanadi, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga
keltiradi, maxsulot darxol realizatsiya qilinadi. Ammo Sey o‘z xayoti
davomida bu fikrning unchalik to‘g‘ri emasligini ko‘radi,
1825 yili angliyada tarixda birinchi marta kuchli iqtisodiy inkiroz ro‘y
beradi va takrorlanib turadi. Ishlab chiqarish va xarid qilish vaqt va makon
jixatdan ajralib turadi, shu tufayli inkirozlarga abstrakt imkoniyat tugiladi
(J.M.Keyns ta’limotiga qarang). Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) ming asosiy asarlari «Axoli nufusi qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1820) asarlarida «Axoli nufusi» nazariyasi va «Tuprok unumdorligini pasayib borish qonunlari» ni «Kashf» etdi. Uningcha tirikchilik vositalariga nisbatan axolining doimo tezroq ko‘payishga intilishi «Axolining nufus qonuni» dir, bu qonun jamiyat paydo bo‘lganidan buyon mavjud bo‘lib, doim va kudratli xarakatdadir. Axolining ortiqcha qismi zarurat tufayli ochlik, yalong‘ochlik va kirilishga maxkum
etilgan. Maltusning fikricha, kashshoklikning asosiy va doimiy sababi,
boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taksimlanishiga xech ham bog‘liq
emas, bu jarayon «Tabiiy qonunlar va insoniy xirs», tabiatning nochorligi va
insoniyatning favqulotda tez ko‘payishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli xalq azob
ukubatlari uchun o‘zini - o‘zi ayblashi kerak. Uni to‘g‘rilashga xech qanday
inqilob va sotsial isloxotlar yordam bera olmaydi. Bunda faqat bitta to‘g‘ri yo‘l
bor - bu axoli sonini kiskartirish. Uningcha ko‘payishning oldini olish vositasi,
chorasi sifatida «Axlokiy chidam» (kambagallar nikoxdan o‘zlarini tiyishlari,
kech turmush ko‘rishlari), og‘ir mexnat yoki turli baxtsizliklar (ochlik,
kashshoklik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) qo‘llab-quvvatlanadi.
Maltusning fikricha tabiiy biologik instinktga ko‘ra, insoniyat ko‘payish
imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va usimliklar
qarama -qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga ham ega bo‘lib,
xayvonot dunyosidan ajralib turadi. Shunday qilib, maltus ta’limoti bo‘yicha
kapitalizm illatlari insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jixatdan bu
fikrlarda xech qanday ilmiylik yo‘q. Bu «qonun»dagi asosiy g‘oyalar ungacha
bo‘lgan olimlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ugirlangan, chunki o‘z davrida styuart,
uolles, taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu
nixoyatda reaksion xulosalari qattiq tankidga uchradi. Tugulishni kamaytirish
uchun u nikox yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan
nafakalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi. Maltus bu tankidlardan xulosa
chiqarib, 1820 yilda o‘z asarini qayta ishlab chikdi va unda o‘z fikrlarini ancha
yumshatishga intildi; ayniqsa ystiga dam -badam yogilib turadigan va axolini
ulimga maxkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb xisoblashdan voz kechdi
va kechirim suradi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib utdi, ammo u
o‘zining bosh fikridan kaytmadi. Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik
jixatdan noto‘g‘ri edi, chunki xech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat
xayotida qullaniladi, vaxolangki insonlar usimlik va xayvonot dunyosidan
farqli ularok, faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chikadilar va
tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar.