Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»


Sismondi, Prudon va Z. Rodbertus qarashlaridagi umumiylik, xususiylik



Yüklə 91,48 Kb.
səhifə19/35
tarix21.05.2023
ölçüsü91,48 Kb.
#119017
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
iqtisod

19 Sismondi, Prudon va Z. Rodbertus qarashlaridagi umumiylik, xususiylik.

O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog'liq. Bo'lajak olim Lionda savdogar oilasida tug'ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U yaxshi ta'lim oldi, ammo savdo sohasida ancha erta xizmat qila boshladi. O'zi o'qidi. U inqilobni qo'lladi. Napoleon Bonapart hukumatida moliya sohasida ishladi. Uning birinchi asari «Siyosiy iqtisod risolasi» 1803 yilda chiqdi va hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh asari sifatida qoldi. 1817 yilda «Siyosiy iqtisod katexizisi» (Katexizis - grekcha «nasixat», «qo'llanma» mazmuniga ega), 1828-30 yillarda olti tomlik «Siyosiy iqtisod kursi» kitobi ham chop etildi. Bu kitoblarda u sanoat burjtiaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo'llab-quvvatlovchi olim sifatida ma'lumdir.


Sey Smit ta'limotini targ'ib etish va sistematik izohlash bahonasida uning ilmiy jihatdan ancha bo'sh g'oyalarini rivojlantirdi va tartibga soldi. D.Rikardo bu olimning ilmiy merosiga yuqori baho berdi va uning, ya'ni «Sey qonuni» ni tan olgan.
Olimning tadiqot predmeti sifatida avvalo jamiyatning moddiy farovonlik problematikasi qaraladi, boylikning manbai esa millatning iqtisodiy potensialiga bog'liqdir. Tadqiqot uslubida esa aniq fanlar (mas.,fizika) tajribasidan foydalanish kerak deydi. Metodologik jihatdan bu universal va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan qonun, kategoriya va nazariyalar tan olnishi zarur - deganidir. Taniqli iqtisodchi J. K.Gelbreyt fikricha, «Sey qonuni»ni tan olish yoki olmaslik XX asrning 30-yillarigacha iqtisodchilarni ahmoqlardan ajratish belgisi sifatida qaralgan. Bu qonunda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat sinflari manfaatlarining uyg'unligi( garmoniyasi) asosiydir. Lekin uning fikrlarida o'ta soddalik va yuzalik alomatlari ko'pdir.
Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo'ladi: ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol. Bu klassifikasiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi yuzaki bog'lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste'molning iqtisodiyot fanining mustaqil bo'laklari sifatida ajratilishi va ularning mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan enma-en qo'yilishi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib ko'rsatiladi, chunki ma'lum tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari doim taqsimot va iste'molning ma'lum tarkibini vujudga keltiradi.
XIX asrning boshlarida shu uch omilga asoslangan g'oyalar rivoj topdi. Mehnat - ish haqi, kapital - foyda, er - renta: shu uch o'zaro bog'liq (uch birlik) formula Sey ta'limotida muhim o'rinni egallaydi. Uning qiymat va daromadlar to'g'risidagi ta'limoti o'ziga xos ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqli ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan emas, uning foydaliligi bilan aniqlanadi, shunday qilib «Foydalilik nazariyasi»ga asos solindi. Bu nazariyaga ko'ra ishlab chiqarish foydalilikni yaratadi, foydalilik esa predmetlarga qimmat beradi, «qimmat foydalilik o'lchovidir» deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat faqat sarflangan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik darajasi bilan ham o'lchanadi, bu katta yangilikdir. Shunday qilib Sey qiymatni iste'mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. Demak qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va alohida qaraladi. Shuni eslatib o'tish kerakki, A.Smitgacha almashuv qiymati foydalilik bilan albatta va bevosita bog'liq bo'lmasligi mumkin, masalan, nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo'lgan narsalar ham past qiymatga ega bo'lishi mumkin, ayrim narsalarning esa umuman qiymati yo'q, bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Bu masala bo'yicha turli fikrlar mavjud bo'lib, uni to'laroq keyingi boblarda ko'rib chiqamiz (marjinalizm g'oyasining asosi ham shu fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatasiya inkor etiladi.



Yüklə 91,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin