Fiziokratizm — (fransuzcha: Physiocratie; yunonchadan tarjima qilganda „hokimiyat tabiati“ maʼnosini beradi), 18-srdagi fransuz iqtisodchilari hamda klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga oʻtish davrida vujudga keldi.[1] Bu tasodifiy hol emas edi. Oʻsha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan boʻlsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xoʻjaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xoʻjaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xoʻjaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos.Ilk fizioktratlar maktabining asoschisi fransuz demokratisti François Quesnay (1694–1774) hisoblanadi.[2] Uning 17-asrda Parijning kichik bir nashriyotida chop etilgan „Tableau économique“ (Iqtisodiy jadvallar) kitobi orqali ushbu fiziokrat maqomida atalgan birinchi insonlardan biri sanaladi.[3] Uning kitobida keltirilishcha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan. Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular merkantilistlardan farq qilib, o`z tadqiqotlarini iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko`chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda ular "zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar. Ularning xizmati shundaki, o`sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo, fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi sohasi bilan cheklab qo`ygan edilar (Fransiyaning ta'siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb bilganlar. Fiziokratlarning muhim tomoni shuki, ular merkantilistlardan farq qilib, o`z tadqiqotlarini iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko`chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda ular "zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari" edilar. Ularning xizmati shundaki, o`sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo, fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo`jaligi sohasi bilan cheklab qo`ygan edilar (Fransiyaning ta'siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb bilganlar. Bu ta'limot, garchi uning ko`pgina xatolari bo`lsa ham haqiqatga yaqinlashish borasida navbatdagi muhim qadam hisoblanadi. O`sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy siyosat (Kolberning merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi. Ludovik XIV o`rniga kelgan yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosatni davom ettirdi, Fransiya Angliya bilan yetti yillik urush olib borib, unda yengildi, Kanadadan va Sharqdagi bir qancha mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu sharoitda bu ahvoldan chiqish yo`li tabiatdan qidirildi. Fiziokratlarning dasturi bo`yicha Fransiyadagi feodalizm qoldiqlari tugatilishi, fiskal (soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona soliq olinishi, mayda yer uchastkalari birlashtirilib, don savdosidagi barcha proteksionistik to`siqlar bartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib aytganda, Angliyadagi qishloq xo`jaligiga xos ish yuritish taklif etildi. Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti Fiziokratlar maktabi Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hokimiyat) XVIII asrda Fransiyada ijod etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmga o`tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo`nalish Fransiyada vujudga keldi va bu tasodifiy emas edi. Fransiya iqtisod va ayniqsa, sanoat bo`yicha Angliyadan ancha ortda bo`lishiga qaramay, bu yerda ham sanoatning kapitalistik turi - manufaktura rivojlana boshladi. Bu ta'limot fermerlar sinfini himoya qildi, ishlab chiqarishni, asosan qishloq xo`jaligini mamlakatni og`ir ahvoldan chiqarishning bosh yo`li deb belgiladi. Tabiiy qonunqoidalarga amal qilish kerakligi, shu yo`l bilan mamlakat boyligini orttirish mumkinligi ko`rsatib berildi. Fransiyadagi qishloq xo`jaligining ahvoli va uni yaxshilash tadbirlari tadqiqotlarning asosi bo`ldi Agrar masalani hal etish fiziokratlarning asosiy vazifasi bo`lib qoldi. Ular qishloq xo`jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar. F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi.