36 Iso Termiziyning Sunani Termiziyidagi iqtisodiy gʻoyalar Qayd etilganidek, ushbu markaz davlatimiz rahbarining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan oʻz faoliyatini boshlagan. Markaz tomonidan islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma Abu Iso at-Termiziy (Imom Termiziy)ning benazir merosini ilmiy asosda chuqur oʻrganish, muqaddas yurtimiz azaldan ulugʻ allomalar va aziz avliyolar vatani boʻlib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu gʻoyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirishga koʻmaklashish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yerda hadisshunoslik, manbashunoslik xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimlari tashkil etilgan boʻlib, ilmiy-amaliy aloqalar tobora kengaymoqda. Rossiya, Marokash, AQSH, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Hindiston, Tojikiston va Qirgʻiziston kabi davlatlar bilan hamkorlik ijobiy samara berayotir.Markaz kutubxonasida yurtimiz va xorijda saqlanayotgan Imom Termiziy va termiziy allomalar merosiga oid 500 dan ortiq qoʻlyozma asarlarning elektron bazasi shakllantirildi.
— Olimlarimiz yurtimizdagi nufuzli ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda Abu Iso at-Termiziyning “Sunani Termiziy sharhi” asari oʻn jildini nashrga tayyorlashga muvaffaq boʻldi, - deydi markaz rahbari Shukurollo Umarov. — Hozirgacha mazkur kitobning uch jildi nashrdan chiqdi. Taʼkidlash oʻrinliki, bu asar hadisshunoslikda juda qimmatli manba boʻlib, keng kitobxonlarga moʻljallangan. Termiziy va boshqa allomalarning merosiga oid 6 ta kitob tarjima qilindi, 2 ta raddiya, 10 ta xalqchil risolalar nashr etildi. Termiziy allomalar merosiga doir yana 19 ta oʻquv qoʻllanmasi, ilmiy-ommabop kitob nashr uchun tayyor holga keltirildi.Hadislarga oid olamshumul ahamiyatga molik asarlar yaratgan buyuk allomalardan biri mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad Termiziydir. Uning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso Dahhok Sulamiy (umrining oxirlarida ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganligi uchun Darir taxallusi bilan ham atalgan) Termiziy bo‘lib, 824-yili Termizda uncha badavlat bo‘lmagan oilada tavallud topdi. Allomaning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tgan, dastlabki ma’lumotni ham shu shaharda olgan. Yozma manbalar va tarixiy osori atiqalardan ma’lumki, o‘rta asrlarda Termiz ham O’rta Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand, Nasaf singari ilm-fan va madaniyati rivojlangan shaharlaridan biri bo‘lgan. Mana shunday madaniy muhitda o‘sgan Termiziy yoshligidan turli ilmlarni egallashga katta qiziqish bilan intilgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, quvvai hofizasi, ya’ni yodlash xotirasining kuchliligi va favqulodda noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan Termiziy diniy va dunyoviy fanlar, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi o‘z bilimlarini muttasil oshirish maqsadida ko‘pgina Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Ko‘p yillar davom etgan safarlari paytida Termiziy qiroat, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, o‘zi yoshligidan alohida mehr qo‘ygan hadis ilmi bo‘yicha o‘z davrining yirik olimlari – mashhur muhaddislardan ta’lim oladi. Uning ustozlaridan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Said, Ishoq ibn Muso, Mahmud ibn G’iylon va boshqa mashhur muhaddislarni ko‘rsatish mumkin. Manbalarda yozilishicha, hadislarni to‘plash va o‘rganishda Termiziy har bir qulay fursat va imkoniyatdan unumli foydalangan. U yo‘lda, safarda bo‘lganda ham yoki bir joyda muqim turganda ham o‘z ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni darhol yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. O‘z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan Termiziy ko‘pdan-ko‘p shogirdlariga ustozlik qilgan. Hadis ilmi borasida uning shogirdlaridan Makhul ibn Fazl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va Abul Abbos Muhammad ibn Mahbub Mahbubiylarni sanab o‘tish mumkin. Ilmu irfon olish maqsadida uzoq yillar davom etgan xorijiy safarlardan qaytgan Termiziy o‘z yurtida yirik muhaddis olim sifatida shuhrat qozonib, asarlar ta’lif etish, ko‘plab shogirdlar tayorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. U 892-yilda Termizdan uzoq bo‘lmagan Bug‘ qishlog‘ida vafot etadi va shu yerda dafn etiladi. Aslida, Qur’oni karimda inson hayotiga oid jamiki masalalar o‘z aksini topgan. iqishning kattaligidan dalolat beradi.