Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»



Yüklə 91,48 Kb.
səhifə32/35
tarix21.05.2023
ölçüsü91,48 Kb.
#119017
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
iqtisod

33 Nisbiy ustunlik nazariyasi
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan bo`lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo`ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o`zaro bog`liqligi va o`zaro ta‘siri xos bo`lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan ―Kene jadvali‖ ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo`lladi. Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo`yilgan edi deb ta‘kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o`zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o`zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo`limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o`zining ―Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi‖(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot o`z predmeti va tadqiqot usullariga ko`ra mustaqil fan sifatida XX asrning o`rtalariga kelib shakllanib bo`ldi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo`limi hisoblanib, unda milliy xo`jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o`rganadi. Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki no- maqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi.
Uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub‘ektlari hisoblanidilar. Bu sub‘ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o`sishini ta‘minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko`pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo`lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub‘ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash maqsadida, o`z tasarrufida mavjud bo`lgan vositalar orqali ularni yo`naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (budjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo`jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. . Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o`ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko`rsatkichlarni alohida-alohida o`rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o`ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi. Agregatlash, ya‘ni bir qancha iqtisodiy ko`rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko`rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko`rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko`rib chiqish mumkin bo`ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo`lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko`rsatkichlari emas, balki agregat ko`rsatkichlar hisoblangan baholarning o`rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo`ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to`lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o`rtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko`rsatkichdan foydalaniladi.

Yüklə 91,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin