Qadimgi Yunonistondagi Iqtisodiy



Yüklə 188,27 Kb.
səhifə2/5
tarix02.12.2023
ölçüsü188,27 Kb.
#171076
1   2   3   4   5
Qadimgi Yunonistondagi Iqtisodiy gʻoyalar (1)

Qadimgi Yunoniston


Qadimgi yunon tarixining geografik joylashuvi doimiy bo‘lmagan. U tarixiy rivojlanishga ko‘ra o ‘zgarib va kengayib turgan. Qadimgi yunon sivilizatsiyasining asosiy hududi Egey havzasi, ya’ni, Egey
dengizining Bolqon, Frakiya va Kichik Osiyo sohillari va ko‘p sonli orollar bo‘lgan. Mil. avv. VIII-VI asrlarga kelib, buyuk yunon
kolonlashtirishidan so‘ng yunonlar Janubiy Italiya va Sitsiliya hududlari, shuningdek, Qora dengiz sohillarini o‘zlashtirganlar. Natijada Buyuk Yunoniston tushunchasi vujudga keldi. Mil. avv. IV asming oxirida Makedoniyalik Aleksandming g‘olibona yurishlari va Ahmoniylar davlati egallanganidan so‘ng Yaqin va 0 ‘rta Sharqda ellin davlatlari tashkil topdi va bu hududlar qadimgi yunon dunyosining
bir qismiga aylandi. Ellinizm davrida yunon dunyosi g‘arbda Sitsiliyadan sharqda Hindistongacha, shimolda Shimoliy Qora dengiz sohillaridan janubda Nilning birinchi irmoqlarigacha bo" Igan ulkan hududlarni qamrab oldi. Biroq, butun qadimgi yunon tarixi davomida uning markaziy qismi Egey havzasi hisoblangan. Chunki, bu yerda yunon davlatchiligi va madaniyati paydo bo‘ldi va gullab yashnadi.
Qadimgi Sharq mamlakatlaridan farqli o‘Iaroq, qadimgi
Yunonistonda etnik rang-baranglikni kuzatish mumkin.
Yunonistonning markaziy hududlari, ya’ni Egey havzasi va Bolqon
yarim orolining janubiy qismlarida asosan yunon tilli xalqlar yashagan bo‘lib, ulami axeylar, doriylar, ioniy va zoliylar tashkil etgan. Bu qabila guruhlari o‘z dialektlarida gaplashganlar hamda diniy qarashlar va urf-odatlarida ham o‘ziga xoslikni kuzatish mumkin, biroq bu farqlar unchalik sezilarli bo'lmagan. Barcha
yunonlar bir tilda gaplashgan, bir-birini yaxshi tushungan va o‘zlarini
bitta xalqqa va bitta sivilizatsiyaga tegishli ekanligini his qilgan. Mazkur xalqlar orasida birmuncha qadimiyroq qabila guruhi axeylar bo‘lib, ular mil. 128 aw . Ill mingyillikning oxirida Bolqon
Yunonistonining janubiy qismiga kelib o ‘mashganlar. Mil. avv. II mingyillikda zamonaviy Epir va Makedoniya hududlaridan harakatlangan doriy qabilalalari bosimi ostida axeylar qisman
assimilyatsiyalashadi va bir qismi tog‘li hududlarga siqib chiqariladi. Doriylaming katta qismi Peleponnes (Lakonika Messeniya, Argolida, Elida), Egey dengizining janubidagi orollaming katta qismi, xususan, Krit va Rodos, Kariya va Kichik Osiyo hududlarining ba’zi qismlarida o‘mashganlar.
Qadimgi Yunoniston yodgorliklari asosan yer ostida joylashgan. Bir nechta tosh binolami hisobga olmaganda asosan ibodatxonalar yer ostidan qazib o‘rganilgan. Yunoniston tuprog‘i buyumlami
saqlanishi uchun qulay bo‘lmaganligi sababli ko‘p topilmalarga zarar yetganligini kuzatish mumkin. Shu boisdan yog‘och, mato va teridan yasalgan eksponatlar juda kam uchraydi. Saqlanib qolgan metall buyumlar orasida: oltin va kumush buyumlar yaxshi darajada; bronza qisman, o‘z o‘mida, temir buyumlar esa korroziyaga uchragan holda topilgan. Yana bir turkumdagi yaxshi saqlangan moddiy buyumlar sirasiga yuqori olovda pishiriladigan sopol
terrakotalar kiradi. Sopol qadimda ko‘plab maqsadlarda, xususan, haykallar va yodgorliklarda, lekin ko‘p hollarda xo‘jalikda ishlatilgan bo‘lib, asosan qabrlar va boshqa joylardan topilgan. Ushbu idishlar asosida arxeologlar Yunonistonnning siyosiy tarixigacha va uning ilk
tarixi xronologiyasini tuzib chiqib, ulami tarixiy sanalarga aylantirish imkoniyatini yaratgan. Bu davrga oid moddiy yodgorliklar Knoss, Fest, Miken va Pilos hamda Peloponnesdagi saroy qazishmalari natijasida topilgan. Eng ko‘p m a’lumotlar Lema (Shimoliy Peloponnes) va Rafina (Attika) manzilgohlaridan qazib o‘rganilgan. Ushbu manzilgohlar miloddan avvalgi uchinchi ming yillik oxirlariga mansub bo‘lib, undan bronzadan yasalgan mehnat qurollari va
xo‘jalik buYumlari topilgan. Shuningdek, Axey qabilalari yashagan
qishloqlar qoldig‘i Koraka (Korinf) hamda Ziguries (Miken yaqinida) manzilgohlarini o‘rganishda ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Attika va Spartadan qadimgi qabristonlami o‘rganilishi oqibatida miloddan
avvalgi II ming yillik o ‘rtaIariga oid ashyoviy manbalar topildi. Yozma manbalar. Qadimgi yozuvlar sopol, tosh, metall, va papirus (mil av. II asrdan pergament) kabi turli materiallarga yozilgan. Bizgacha yetib kelgan asosiy yozma manbalar mil. avv. VIII asrda yaratilgan yunon alifbosi asosida yozilgan; lekin, shuningdek, qisqa davr mil. avv. II mingyillik davomida A va В chiziqli Krit yozuvlari ham bo‘lgan. Ushbu yozuv namunalari 1901-yilda A. Evans tomonidan topilgan bo‘lishiga qaramay, faqatgina 1953- yili ingliz olimi M. Ventris ba’zi qismlarini shifrovka qilishga muvaffaq bo'ldi. Afsuski, bulaming ko‘pchiligi
yo‘qolib ketgan. Qadimgi Yunonistonning klassik hamda ellin davri tarixini yoritishda mazkur mintaqada yashab ijod qilgan tarixchilar asarlarini o‘mi beqiyos. Birinchi navbatda mil. avv. V asrda yashagan Galikamaslik Gerodot ( 485-425-yy)ni qayd etish maqsadga
muvofiqdir. Uning mashhur asari “Tarix” deb nomlanib, 9 kitobdan iborat. Muallif asaming dastlabki 4 ta qismida Kichik Osiyo, Bobil, Midiya, Misr hamda Skif qabilalari tarixini bayon etadi. Qolgan 5 ta kitobda asosan yunon-fors urushi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar (mil. aw . 479 yilgacha) o ‘rin olgan. Shu davming yana bir yirik vakili afmalik tarixchi Fukidid (460-400- yy) boiib, uning asari Peloponnes urushlariga (431-404- yy) bag‘ishlangan. Shuningdek, tarixchi va publitsist Ksenofont (430-355- yy) ham o ‘z davrining mashhur
kishilaridan bo‘lgan. U Fukidid ishlarini davom ettirib, “Yunon tarixi”
asarini yaratgan. Qadimgi Yunoniston tarixida mil. avv. IX-VIII
asrlarda chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. May da, bir-biridan ayro boMgan urug‘ va qishloq jamoalari yangi ijtimoiy-siyosiy institutlarga aylana boshlaydi. Bunda turli xil ijtimoiy guruhlar o ‘rtasida qonli
to‘qnashuvlarga olib kelgan o‘tkir qaramaqarshiliklar paydo bo‘ladi,
davlatchilik organlari tizimi shakllanadi, yuksak madaniyat yaratiladi. Bu yangi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar polis nomini olib, qadimgi yunon jamiyati, davlatchiligi va madaniyatining asosiy yacheykasiga aylandi. Polislar faqat urug‘ jamoalari negizidagina shakllanib qolmasdan
Egey havzasi, Qora va 0 ‘rtayer dengizi sohillarida yangi manzilgohlar
- koloniyalarga asos solinishi bilan ham ahamiyatlidir. Bu jarayon faqatgina mil. aw. VI asr oxiriga kelib yakuniga yetadi.
Attika jamiyati. Attikada davlatchilik institutlari Peleponnesning turli viloyatlariga nisbatan erta shakllana boshlagan bo‘lsa ham Afina faqatgina katta va qudratli davlat birlashmasi bo iib qolmasdan, polis Yunonistonining ramzi, klassik davrdagi Elladaning markaziga aylandi. Attikada polis tizimi urug‘ muassasalarining doimiy ichki transformatsiyasi orqali sodir boidi. Arxeologik qazishmalar shuni
ko‘rsatadiki, Attikada neolit davridayoq aholi istiqomat qilgan. Uning
hududida mil. aw. II ming yillik oxirida qadimgi podsholik
shakllangan. Peleponnesda qabilalarning jiddiy ko‘chishlariga sabab
boigan doriylar bosqini 158 Attikaga unchalik ta’sir o4kazmagan. Doriylar Attikaga suqilib kira olmaganlar, bu yerda asosan qadimgi aholi (ioniylar va pelasglar) yashagan. Shu bilan birga Attikada
Peloponnesdan siqib chiqarilgan ba’zi axey qabilalari ham boshpana topgan. Bu elementlardan mil. aw. I ming yillik boshlarida yunon tilining ioniy lahjasida gaplashadigan Afina qabila guruhlari paydo
bo‘ladi. Gomer davrida Attika hududida basileylar va oqsoqollar
kengashi tomonidan boshqarilgan mustaqil urug‘jamoalar bo‘lgan. Aholi qonqarindoshchilik belgilari bo‘yicha 4 fila (qabila), u esa o‘z navbatida 3 ta fratriyadan tashkil topgan. Har bir fratriyada bir
necha o‘nlab urug‘lar mavjud bo‘lgan. Attikada boshqa yunon viloyatlarida bo‘lganidek, mil. aw .IXVIII asrlarda urug‘ jam oa munosabatlari yemirilib, ilk davlatchilik belgilari paydo bo‘ladi. Attikada polis tizimini paydo bo‘lishi boshqa urug‘ manzilgohlar
ichida Afinani yuksalishiga imkon beradi. Afinada sifatli gil tuproq
bo‘lgan va u kulolchilikni rivojlanishi uchun katta turtki bergan.
Mazkur tuproqlar Afmadagi Dipilon rayonidan topilgani uchun
Dipilon ko‘zlari deb nomlanib, butun Yimonistonda mashhur boigan.
Afina dengizidan 5 km uzoqlikda joylashib, qaroqchilaming
hujumidan pana bo‘lgan qoyali Akropolda joylashganligi Attikani boshqa manzilgohlariga nisbatan aholining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. Afina atrofida Attikadagi barcha urug‘ jamoalar,
ulaming bir qismi ko‘ngilli, bir qismi majburiy ravishda qo‘shilish jarayoniga (sinoykizm) jalb qilinadi. Bunday birlashuvni rivoyatlarga ko‘ra Afina qahramoni Tesey oxiriga etkazadi. Tesey butun urug‘ manzilgohlaridagi boshqaniv organlarini yo‘q qiladi. Butun Attikada barcha ishlar bilan Afinada joylashgan basileylardan iborat
oqsoqollar kengashi shug‘ullana boshlaydi. Mahalliy xudo Afina - shahar homiysi sifatida Attika xudosiga aylanadi. Uning sharafiga Panafiney diniy bayrami ta’sis qilinib, mahalliy aholi uni tantanali nishonlaydigan bo‘ldi. Afmaga boshqa manzilgohlardan ko‘plab
urug‘ zodagonlarining ko‘chib kelishi shahar aholisining ko‘payishiga olib keladi. Mulkiy va xo'jalik jihatdan tabaqalanish Afina jamiyatini uchta ijtimoiy guruhga ajralishiga olib keladi: yevpatridlar nomini
olgan urug‘ zodagonlari, aholining asosiy qismi bo‘lgan dehqon- geomorlar 159 va hunarmand - demiurglar. Siyosiy sohada basileylar
- qabila sardorlari o‘z o‘mini arxontlarga bo'shatib beradi. Oqsoqollar
yig‘ini bo‘lsa o‘z muddatini bajarib boMgan arxontlardan iborat Areopag yig‘ini yoki Areopagga aylanadi. Garchi arxontlar va
Areopag urug‘ zodagonlari orasidan shakllantirilgan bo‘lsa ham yangi lavozimlar va yangi yig‘in urug‘ tizimining an’anaviy organlariga zarba beradi.

  1. Yüklə 188,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin