Iqtisodiy fikrlar qadimgi Yunonistonda yanada rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.av. 430-355) asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Uning ko‘p sonli asarlari ichida
«Daromadlar to‘g‘risida» va «Ekonomiks» nomli (xo‘jalik to‘g‘risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega.
Ksenofont(m.o.430-355) senofont «Daromadlar to‘g‘risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo'lini tavsiya etadi:
xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko'paytirish, ulaming Afinaga kelishini rag'batlantirish;
kumush qazib olishni kengaytirish;
qullar savdosini tashkil etish. «Ekonomiks» asaridahamdaKsenofontning 5
alohida mulohazalarida quldorlik xo‘jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma
beriladi.Ksenofont qishloq xo‘jaligini xalq xo'jaligining eng asosiy
tarmog‘i, deb hisoblagan. «Qishloq xo‘jaligi rivojlansa, - deb yozadi u, - boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo‘ladi».
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarihiga birinchijardan boMib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U olzining
«Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o‘zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko‘pincha o‘sha
odamning o‘zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug'ullanuvchi odam hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko‘pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o'zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko‘p joylarda o‘sha hunaming hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklaming oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa -
xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi - charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to‘rtinchisi esa - ulaming hammasini birlashtirib tikib hayot kechirish uchun haq oladi. 0‘z-o‘zidan ma’lumki, kim muayyan
cheklangan ish turi bilan shug‘ullansa, o‘sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir».
Har qanday tovarning ikkiyoqlamaxarakterini, ya’ni uning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‘lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari, natural-xo'jalik konsepsiyasi tarafdori va shunga ko'ra
sudxo'rlikka qarshi bo‘lganiga qaramay, u pulning zarurligi va
foydaliligini tan olgan va unga xos bo‘lgan muomala vositasi va jamg‘arish vositasi funksiyalarini ko'rsatib bergan.
Natural xo‘jalik konsepsiyasi yunon mutafakkiri Platonning
(m.av. 427-347) iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli
bo‘lgan. Bu uning«Davlat» va «Qonunlar» asarlarida o‘z aksini
topgan. Birinchisida ideal davlat tuzumi loyihasi
shakllantirilgan bo‘lsa, ikkinchisida real haqiqatga ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» asarida ideal ijtimoiy tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta’Iimotlar tarixiga katta hissa qo^shdi. Ideal “davlat”dayashovchi kishilar uch toifaga
ajratib ko‘rsatiladi:
Faylasuflar.
Harbiylar.
_ 3. Oddiy toifa - yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar. _ Bunda ijtimoiy manfaatlami himoya qilishda oqsuyaklarning
(faylasuflaming) roliga yuqori baho beriladi, negaki ular boshqa bir
toifa - harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning boshqaruv apparatini tashkil etgach, olimning fikriga ko‘ra butun jamiyatni boshqaradi. Bundafaylasuflarham, harbiylar ham hech qanday mulkka egalik qilmaydilar (davlat manfaatlari yo‘lida chalg‘ib
ketmaslik uchun); ularning moddiy ta’minotini davlat o‘z zimmasiga
oladi. Barcha xo‘jalik ishlari, shu jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan-yer egalari, savdogarlar va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar — erkin fuqarolar mulki va shuning uchun ular hech bir toifaga kiritilmadi.
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda davlat ta’minotida bo‘lgan, ya’ni yuqori toifali
«fuqarolaming» moddiy ta’minoti to‘g‘risidagi oldin ilgari surilgan g‘oyalar rivojlantirilgan. Bu yerda faylasuf tenglik tamoyilida jamiyat tuzilishining ayrim ijtimoiy- iqtisodiy unsurlaming tavsifmi boshqalardan oldin ko‘ra bilgan.
Xususan, barcha fuqarolar, Platon fikricha ideal davlatda (qur’a bo‘yicha) uy-joy, yer olishlari mumkin. Buning ustiga yer faqat unga egalik qilish va undan foydalanish huquqi bilan (ya’ni to‘la boMmagan mulk huquqi) berilgan bo‘lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining biriga aynan shu shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Fuqarolar
umumiy mulkining qimmati to‘rt martadan ko‘p farq
qilmasligi kerak.Platonning har ikkala Ioyihasida o‘xshashlik
mavjud: davlatni boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada) oitin va kumushga ega
boMishlari, shuningdek, sudxo‘riik bilan shug‘ullanishlari rnumkin emas. U xuddi Ksenofontga o‘xshab, dehqonchilikni iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq, deb hisobladi,
hunarmandchilik va savdoni jamiyatda uncha e’tiborli bo'lmagan mashg‘ulotlar turiga kiritdi.
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon binnchilardan bo‘lib bahoning asosi va darajasi to‘g‘risidagi masalani o‘rtaga tashladi.