Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir. Qadriyat



Yüklə 23,71 Kb.
səhifə2/4
tarix14.06.2023
ölçüsü23,71 Kb.
#129916
1   2   3   4
atamalar izohi va test

Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash. Vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o’z hissasini qo’shishga erishishi.
Vijdon erkinligifuqorolarning dinga munosabati; har qanday shaxs xohlasa dinga e’tiqod qiladi, xohlamasa e’tiqod qilmaydi. Yoki o’zi tanlagan dinga e’tiqod qiladi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik uchun ta’qib qilinmaslik, jazolanmaslik, kamsitilmaslik vijdon erkinligining amalda bo’lishidir. Biror-bir dinga e’tiqod qilishga majburlash ham, vijdon erkinligiga ziddir. Vijdon erkinligi dunyoviy davlat prinsiplaridan kelib chiqadi. (Konstitutsiyaning 31-moddasi ).
Davlat ramzlari – Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda), bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi. Ularning tuzilish shaqli, maqsadi, ishlatilishi maxsus qonunlar bilan tasdiqlangan. Bular mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi ramziy belgilardir. Ularda mamlakat xususiyatlari aks ettiriladi.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofidagi olamga va unda o’zining tutgan o’rni qarashlaridan kelib chiqqan tizim. Kishilarning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig`indisi.
Iymon–Dunyoviy davlatda qonun ustuvorligini tan oladigan, yurt farovonligi yo’lida xizmat qiladigan, har bir kishiga yaxshilikni ravo ko’radigan, mehnatsevar, kamtar, oriyatli, andishali, insofli, vijdonli odam iymon-e’tiqodli inson sanaladi.
Insonparvarlik odamzod qadri, erkinlik va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish, kishilarning baxt – saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g`oya va qarashlar tizimi.
Komillik. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri. Komil inson g`oyasi va uni amalga oshirishga bo’lgan intilishlar insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi.
Ma’naviyat (arabcha - ma’nolar majmui) — kishilarning falsafiy huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Prezident I.Karimov "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida unga shunday izoh beradi: "Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.

Yüklə 23,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin