9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent:
O`zbekiston, 2004.
11-Mavzu: Diniy qadriyatlar va ularni komil insonni tarbiyalashdagi
ahamiyati.
Reja:
1. Din – ijtimoiy ongning alohida shakli.
2. E`tiqod – diniy qarashlarning asosi.
3. Jahonning asosiy dinlari va ularni xalqlar ma`naviy hayotiga ta`siri. Islomiy
qadriyatlar.
4. Mustabidlik sharoitida diniy qadriyatlarning ahvoli.
5. Mustaqillik sharoitida din.
6. Diniy bag`rikenglik – jamiyatimiz ma`naviy rivojlanishining zaruriy sharti.
Din tushunchasi o`zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo`lib, ishonch, inonmoq
ma`nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi
narsa va hodisalarni
tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan,
ularni o`ziga xos tarzda aks ettiradigan ma`naviy e`tiqod va amalning bir turidir.
e
`tiqod so`zi ham arab tilidan kirib kelgan bo`lib, chuqur, mustahkam ishonch
ma`nosini anglatadi- Demak, diniy e`tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch,
maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya`ni diniy ta`limot nuqtai nazardan "din",
"diniy e`tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma`nosi, maqsadi
va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo`lgan, uni go`yo
yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to`g`ri", "haqiqiy", "odil" hayot
yo`llarini ko`rsatadigan va o`rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda
etadigan maslak,
qarashlar, ta`limotlar majmuidan iboratdir.
Arab istilochilari O`rta Osiyoni egallab olgandan so`ng islomni joriy qilish
bilan o`z yozuvlarini ta`lim-tarbiya, odob-axlokdarini va shu bilan birga arab
madaniyatini olib keldilar. Islomgacha bo`lgan dinlar bilan bog`liq yozuvlarni, toat-
ibodat buyumlarini yo`q kllishgan. Ibodatxonalar o`rniga masjidlar qurilgan, arab
alifbosiga asoslangan yozuv kiritilgan. Davlat tili, ilmiy til asosan arab tili
hisoblangan. Bu haqda Beruniy o`zining "Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"
asarida yozishiga ko`ra, Xorazmda arab lashkarboshisi qutayba islomgacha bo`lgan
din bilan bog`liq yozuvlarni yaxshi biladigan va o`z bilimini boshqalarga
o`rgatadigan kishilarni halok etib, bu yozuvlarni butunlay yo`q qilib yuborgan
19
.
Islomgacha "din" so`zining o`rniga "tangri yo`li", "unga ishonch" iboralari
qo`llanilgan bo`lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo`lgan diniy e`tiqodlariga
binoan "tangri" butun olamni, insonni yaratgan, "yuksaklik", "eng baland",
"bahaybat" degan ma`nolarni ham anglatgan.
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g`oyaviy sabablarga ko`ra diniy
dunyoqarashlar to`la hukmron bo`lgan sharoitlarda qar qanday ilg`or tabiiy, ilmiy,
jumladan, falsafiy qarashlar ham
diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini,
mohiyati masalalarini chetlab o`ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari
ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni
Forobiy va Beruniyning dinga bo`lgan munosabatlarida ko`rishimiz mumkin.
19
+аралсин: Беруний. "+адимга Хал=лардан =олган ёдгорликлар". Танланган асарлар, Т. I – Б. 72.
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob"
risolasida bayon qilingan.
Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o`rganishga
qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog`lanishlarini aniqpash
orqali o`rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli),
ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e`tiqod
qilishga chakirish
yo`li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog`lanishlarining
moddiy asosini o`rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy
bilish, o`z mohiyatiga ko`ra, diniy bilishdan ustivordir.
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar"
va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo`lib,
bunday bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o`rganish
mumkin bo`lmagan joyda qo`llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e`tiqodga, ilmiy bilim esa
dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o`zi esa butkul
dalillarga asoslangan
bilimlar bilan shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda
dinning ta`sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar
orqali ilmiy bilimni din ta`siridan xalos etishga g`oyat o`rinli harakat qilganlar. Ular
dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar.
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funktsiyani boshqaradi. Bular
qatoriga kompensatorlik, to`ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ
(nazrat qiluvchilik), kommunikativ (aloqa bog`lovchilik), legitimevchilik
(qonunlashtiruvchilik) funktsiyalar kiradi.
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo`lgan
din xalqlar hayoti
bilan bog`liq holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga
keltirgan. Natijada muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tarbiyaviy
vazifalarni bajarishni o`z zimmasiga olgan. Bunday vazifalar jamiyat taraqqiyotining
yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko`zga tashlanib muayyan
qolipga tushib, har
biri maxsus qoida, g`oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan.
Dinning yuqorida qayd qilingan besh funktsiyasining qg`sqacha ta`rifi va
tavsiflari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: