QADRLILIK VA QADRSIZLANISH ULARNING IJTIMOIY XARAKTERI
Ubaydulla Solik о‘g‘li Zavqiy (1853—1921 yy.) о‘zining ilg‘or mahrifatparvarlik g‘oyalari bilan о‘zbek xalqi madaniyati tarixi, falsafiy, ijtimoiy siyosiy tafakkuri rivojida alohida о‘rin tutadi.
Zavqiyning dunyoqarashi shakllanishi, ijtimoiy falsafiy tafakkuri rivojlanishida Sharq halqlarining о‘tmish madaniyati, tarixi muxim ahamiyat kasb etdi. U avlod-ajdodlarimizning bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan ijtimoiy-falsafiy fikri va madaniyatining yutuqlarini о‘zlashtirdi va yangi g‘oyalar bilan boyitdi. Zavqiy, Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Bedil va boshqa mutafakkirlarning asarlariga katta hurmat va qiziqish bilan qaradi. Hofiz, Mahmur, Gulxaniy asarlaridan kо‘p bahramand bо‘ldi, ijodiy anhanalarini davom ettirdi.
Zavqiy о‘z zamonidan, о‘zini о‘rab olgan ijtimoiy muxitdan, hokim guruh va martabali shahslardan, ularning razilliklaridan faryod soladi, bu kunlar tezda о‘tib ketishini bunday qismat, bunday ayanchli aqvol xalq boshida abadiy qolmasligini bashorat qiladi. Uning «Ajab ermas» radifli shehri bu borada ibratomuzdir. Shoir ajoyib shehrida «munavvar zaminda bir oftob о‘lsa, ajab ermas, qarigan chog‘ida Zavqiy xubob о‘lsa ajab ermas», deb yozadi va kelajakka umidvorlik bilan qaraydi.
Shunday qilib mahrifatparvar Zavqiy boshqa taraqqiyparvar shoirlar bilan hamkorlikda о‘zbek adabiyotida demokratiya yо‘nalishning shakllanishi uchun kurashdi va zо‘r ijodiy natijalarga erishdi.
Avaz О‘tar (1884—1919 yy.) el suygan shoir sifatida xalq orasida mahlum va mashxurdir. U Xivada tavallud topdi, yoshlik kezlaridanoq fan, sanhat, adabiyotga qiziqdi. Navoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Munis, Komil, Ogaxiy kabi adiblarninig ilmiy, adabiy falsafiy meroslarinn katta qiziqish bilan о‘rgandi. Natijada u juda erta Xorazm vohasining nomdor shoiri bо‘lib tanildi.
Avaz О‘tarning «Xalq», «Ulamolarga», «Sipoxiylarga», «Qarab vahshiylari», «Maktab», «Til», «Hurriyat», «Firdavsiy halqim», «Topar ekan qachon» kabi shehriy asarlarida uning mahrifatparvarlik insonparvarlik, vatanparvarlik va demokratiya g‘oyalari mohirona ifodalangan.
Avaz О‘tar о‘zi yashagan xon tuzumi davridagi illatlarni tanqid qiladi. Xalqning axvoli va uning kelajagi tо‘g‘risida о‘z fikr mulohazalarini bayon etishdan zarracha chо‘chimaydi. Uning «yо‘q jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq, zulm tiri birla bо‘lgan barri yuz ming pora xalq», degan satrlari usha zamonda xokim bо‘lgan razil ijtimoiy kuchlar ustidan, ularning jirkanch ishlari ustidan chiqarilgan aybnomadek eshitiladi.
Vatanparvar, xalqparvar shoir millatni mahrifat orqali jahonda har tomonlama rivojlangan ellar qatoriga olib chiqishni istaydi. О‘zining bu g‘oyasini shehrlarida aks ettiradi. Jamiyat ravnaqi, xalqning bilimli, mahrifatli va madaniyatli bо‘lishida о‘z ona tilidan tashqari boshqa tillarni ham bilish zarurligini, bolalarni ilmu-fanga yо‘llab yuborish muhimligini alohida tahkidlaydi.
Avaz О‘tar «Maktab» nomli shehrida maktab ochish orqali xalqqa bilim, mahrifat berish ishiga har bir inson qо‘lidan kelgan ximmatini ayamasligi kerak deydi. Chunki, uning fikricha «maktab millat vayronaligini tugatib, uni obod qilish, odamlarni g‘am qayg‘udan ozod etish» yо‘llaridan biridir.