Nav.D.P.I
,,Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim"fakulteti
,,Boshlang`ich ta'lim "yo`nalishi
1-kurs,,V" guruh talabasi
Qahramonova Madinabonuning
“Boshlang'ich ta'limda tarbiya”
fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
O'qituvchi: Kazbekova Fariza Po'latovna
Mavzu: Jamoani shakllantirish yo`llari
Reja:
1. Tarbiya nazariyasining mohiyati.
2. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi.
3. Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari.
4. Boshlangʻich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni.
5. Boshlangʻich ta’limda tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash.
Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati.
Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati.
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi boʻlib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va muammolarini oʻrganadi.
Tarbiya jarayoni oʻqituvchi va oʻquvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar oʻrtasida aniq maqsad asosida tashkil etiladigan hamkorlik faoliyatining kechishi, rivoji.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish – aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslanib, oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi sanaladi.