Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- aniq maqsadga yoʻnaltirilganlik;
- uzoq muddat davom etishi (tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol koʻzga tashlanmaydi);
- uzluksizligi (oʻquvchilar va oʻqituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari);
- yaxlit, tizimli tashkil etilishi;
- ikki tomonlama aloqa hamda qarama-qarshiliklarning mavjud boʻlishi.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsida ongning shakllanib borishi, his-tuygʻularning rivojlanishi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlarning hosil boʻlishi kabi oʻzgarishlar kuzatiladi.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uning maqsadi, shakllari, metodlari, vositalari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, shaxsning oʻzini-oʻzi tarbiyalash va qayta tarbiyalashi ehtiyojiga egaligiga bogʻliq.
Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash shaxsning oʻzidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yoʻqotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir.
Tarbiya tamoyillari – tarbiya nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari boʻlib, tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini toʻgʻri tanlanishini belgilaydigan boshlangʻich asoslar hisoblanadi.

Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
- tarbiya maqsadining aniqligi;
- bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati;
- ixtiyoriylik;
- yoʻnaltirilganlik;
- oʻz-oʻzini anglash;
- jamoaviylik;
- insonparvarlik;
- ilmiylik;
- pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bogʻliqligi;