Qahramonova Madinabonuning "Boshlang'ich ta'limda tarbiya"



Yüklə 14,94 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Kb.
#181426
  1   2   3   4   5
Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari Qahramonova Madinabonu


Nav.D.P.I
,,Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim"fakulteti
,,Boshlang`ich ta'lim "yo`nalishi
1-kurs,,V" guruh talabasi
Qahramonova Madinabonuning
“Boshlang'ich ta'limda tarbiya”
fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
O'qituvchi: Kazbekova Fariza Po'latovna

Mavzu: Jamoani shakllantirish yo`llari

Reja:

  • 1. Tarbiya nazariyasining mohiyati.
  • 2. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi.
  • 3. Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari.
  • 4. Boshlangʻich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni.
  • 5. Boshlangʻich ta’limda tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash.

Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati.

  • Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati.
  • Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi.
  • Tarbiya – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
  • Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.
  • Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
  • Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi boʻlib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va muammolarini oʻrganadi.
  • Tarbiya jarayoni oʻqituvchi va oʻquvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar oʻrtasida aniq maqsad asosida tashkil etiladigan hamkorlik faoliyatining kechishi, rivoji.
  • Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish – aniq maqsadga va ijtimoiy gʻoyaga asoslanib, oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi sanaladi.

Yüklə 14,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin