b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fannning mohiyati va mazmuanini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yо‘l qо‘ymasa;
Fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bо‘lsa;
Fan bо‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni о‘quv dasturi doirasida bajarsa;
Fan bо‘yicha berilgan savollarga tо‘g‘ri javob bera olsa;
Fan bо‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bо‘lsa;
Fan bо‘yicha mustaqil topshiriqlarini tо‘liq bajargan bо‘lsa;
Fanga tegishli qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarni о‘zlashtirgan bо‘lsa.
v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fan haqida umumiy tushunchaga eka bо‘lsa;
Fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yо‘l qо‘ysa;
Bayon qilish ravon bо‘lmasa;
Fan bо‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
Fan bо‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bо‘lsa.
g) Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:
Fan bо‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rilmagan bо‘lsa;
Fan bо‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bо‘lmasa;
Fan bо‘yicha matnlarni boshqalardan qо‘chirib olganligi sezilib tursa;
Fan bо‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yо‘l qо‘yilgan bо‘lsa;
Fanga doir berilgan savollarga jvob olinmasa;
Fanni bilmasa.
Ballar nazorat turlari bо‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
oraliq nazorat(lar)ga — 30% gacha (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, kafedra tomonidan ma’ruza, amaliy, seminar hamda laboratoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi, saralash bali oraliq nazoratning 60 % i);
talabalarning darsdagi faolligi va mustaqil ishiga qо‘yiladigan ball umumiy ballning 20 % dan kam bо‘lmasligi lozim;
yakuniy nazorat — 50 % gacha (yakuniy nazorat oʻtkazish shakli fakultet kengashi tomonidan belgilanib, institut rektori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi).