Talabalarning darsdagi faolligi amaliy, seminar, laboratoriya mashgʻulotlarida faol qatnashishiga qarab quyidagi mezonlar asosida HEMIS tizimida baholanadi
Talabalarning darsdagi faolligi amaliy, seminar, laboratoriya mashgʻulotlarida faol qatnashishiga qarab quyidagi mezonlar asosida HEMIS tizimida baholanadi:
5 baholik
100 ballik
Baholash mezonlari
5
90-100
aʼlo
“Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi, fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega” deb topilganda
4
70-89,9
yaxshi
“Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega” deb topilganda
3
60-69,9
yetarli
“Talaba olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega” deb topilganda
2
0-59,9
qoniqarsiz
“Talaba fan dasturini oʻzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi, fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas” deb topilganda