O’tkir asoratlar qandli diabet mavjudligida kunlar yoki hatto soatlar davomida rivojlanishi mumkin. Ularga:
Diabetik ketoatsidoz — qonda yog’larning oraliq metabolizmi mahsulotlari to’planib qolishi oqibatida rivojlanadigan og’ir holat. Hushdan ketish va organizmning hayotiy zarur funktsiyalari buzilishiga olib kelishi mumkin.
Gipoglikemiya — qonda glyukozaning me’yordan pasayib ketishi (odatda 3,3 mmol / l dan past). Qandni pasaytiruvchi preparatlar peredozirovkasi, hamrohlik qiluvchi kasalliklar, noodatiy jismoniy faollik yoki yetarli ovqatlanmaslik, alkogol qabul qilish natijasida sodir bo’lishi mumkin. Birinchi yordam bemorga shakar eritmasi yoki boshqa shirin ichimlik berish, uglevodga boy mahsulotlar qabul qilish (tezroq so’rilishi uchun til ostiga shakar yoki asal solish mumkin), imkon bo’lganda mushak orasiga glyukagon preparatlar, vena ichiga glyukozaning 40% li eritmasini kiritish.