Diabetik artropatiya — bo’g’imlarda og’riq, «qarsillash», harakatning cheklanishi, sinovial suyuqlik miqdorining kamayishi va uning yopishqoqligi ortishi.
Gangrena — angiopatiya natijasida qon aylanishi buzilishi kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etgan hollarda qo’l-oyoqlarda gangrenalar yuzaga kelishi mumkin. Bu qaytarilmas jarayon bo’lib, shikastlangan qism amputatsiya qilinishi talab etiladi.