Qandli diabet diabet tiplarining fiziologik asoslari



Yüklə 30,53 Kb.
səhifə2/20
tarix02.01.2022
ölçüsü30,53 Kb.
#42857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Qandli diabet (lot. diabetes mellitus, «saxar kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi.

Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi.

Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiyagipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.


Yüklə 30,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin