Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1140
w
www.oriens.uz
January
2022
miqdori insulin bilan butunlay qoplanadi, glyukoza darajasi 6-7 mmol / l atrofida,
glyukozuriya (glyukozani siydik bilan ajralishi) uchramaydi, boshqa ko'rsatkichlar
ham me’yorda boladi. Kasallik fonida rivojlangan patologiyalar uchramaydi,
asoratlar kuzatilmaydi. Bunday natijaga davolash kursiga to'liq amal qilish va parhez
tutish yordamida erishiladi.
2-daraja: Bu darajada insulin qand miqdorini biroz qoplay olmayotganidan
dalolat beradi. Ko'zlar, buyraklar, yurak, qon tomirlari, oyoqlarda, nerv tolalarida
shikastlanishlar mavjud bo’ladi.
3-daraja: Bu darajada kasallik faol rivojlanayotgani va uni dori-darmonlar bilan
ushlab turib bo'lmasligi kuzatiladi. Glyukoza miqdor 3-14 mmol / l atrofida,
glyukozuriya doimiy bo'ladi, yuqori proteinuriya kuzatiladi, shikastlangan organlar
asta-sekin belgi berishni boshlaydi. Ko'rish o'tkirligi tez pasayib ketadi, gipertoniya
kuzatiladi, oyoqlarda va barmoq uchlarida sezuvchanlik kamayadi.
4-daraja: Bu darajada mutlaq dekompensatsiya kuzatiladi va qilgan muolajalar
(agar bo'lsa) umuman foyda bermayotganidan dalolat beradi. Glyukoza miqdori
jiddiy raqamlargacha (15-25 mmol / l va undan kop) ko’tariladi, qand miqdorini
tushirishga urinish yaxshi samara bermaydi. Siydik orqali oqsil ajralishi yanada
faollashadi. Buyraklar yetishmvochiligi yuzaga keladi, terida yaralar va gangrena
uchrashi mumkin. Komaga tushish xavfi o’ta yuqori. Qonda glyukoza miqdori biroz
oshgan va 7-10 mmol / l atrofida boladi, glyukozuriya uchramaydi. Boshqa
ko’rsatkichlar ham biroz me'yordan oshgan bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: