Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1137
w
www.oriens.uz
January
2022
boshqa kasalliklar. Ushbu infeksiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa,
xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun xos hisoblanadi. Asabiylashish, stress,
asabiylashishdan yiroq bo’lish tavsiya etiladi. Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet
rivojlanish ehtimoli ikki barobarga ortadi. Bu ro’yxatga ikkilamchi diabet chaqirishi
mumkin bo’lgan omillar kiritilmagan, chunki asosiy omil bartaraf etilganda kasallik
ham tuzalib ketadi.
Bundan
tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi omillar tasir o’tkazishi
mumkin:
Feoxromositoma — buyrak usti bezi o’simtasi, natijada insulinga aks ta’sir
etuvchi gormonlar ko’p ishlab chiqariladi;
Buyrak usti bezlari giperfaolligi (giperkortitsizm); Gipertireoz;
Jigar sirrozi;
Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi;
Vaqtinchalik giperglikemiya - qonda glyukoza miqdorining vaqtinchalik oshishi.
Muammoning eng muhim asosi to’qima bilan insulin o’zaro ta’sirlashuvi
buzilishi hisoblanadi. Glyukoza organizmga hayotiy
jarayonlarni davom ettirish
uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak. To’qimalarga glyukozaning o’tmasligi,
glyukozaning glikogen sifatida jigarda depo bo’lib to’planmasligi uning qo’ndagi
miqdorini oshishiga sabab bo’ladi. Ana shu o’zgarishlar qandli diabet nomini oladi.
Har qanday giperglikemiya haqiqiy diabet deb sanalmaydi. Faqat insulin ta’sirida
kechadigan o’zgarishlarga bunday kasallik deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: