Qandli diabet kasalligini glukometr asbobida



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix17.09.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#144665
1   2   3   4   5   6   7   8
qandli-diabet-kasalligini-glukometr-asbobida-aniqlash

 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Diabet rivojlanishi sabablari: 
Hozirgi vaqtda qandli diabetga irsiy moyillik 
isbotlangan hisoblanadi. 1-tip diabetda genetik geterogenlik kuzatiladi, ya’ni kasallik 
turli gen guruhlari tomonidan chaqirilishi mumkin. 1-tip patologiyani aniqlashda 
laborator-klinik ko’rsatkich sifatida qonda me’da osti bezining β-hujayralariga 
antitanalarning aniqlanishi xizmat qiladi. Nasldan-naslga o’tish xarakteri to’liq 
o’rganilmagan.
 
Diabetni patogenetik asoslari kasallik turiga bog’liq. Bir-biridan 
tubdan farq qiluvchi ikki turi farqlanadi. Zamonaviy endokrinologiya kasallikning 
tasniflanishini shartli deb atasa ham, uning har bir turida davolash strategiyasini 
belgilash muhim ahamiyatga ega.
 
Kasallik rivojlanishining asosiy sabablariga: 
Irsiyat sabablari- kasallik tasir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin 
moyillik yuqori bo’ladi. 
Semizlikka sabablar - ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib 
keladi. 
Qandli diabet kasallikni davolanmasa quyidagi kasalliklar kelib chiqadi. Insulin 
ishlab chiqarish uchun javobgar β-hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi 
kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar 
kasalliklari kiradi. Virusli infeksiyalar - qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1137 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
boshqa kasalliklar. Ushbu infeksiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa, 
xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun xos hisoblanadi. Asabiylashish, stress, 
asabiylashishdan yiroq bo’lish tavsiya etiladi. Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet 
rivojlanish ehtimoli ikki barobarga ortadi. Bu ro’yxatga ikkilamchi diabet chaqirishi 
mumkin bo’lgan omillar kiritilmagan, chunki asosiy omil bartaraf etilganda kasallik 
ham tuzalib ketadi. 
Bundan tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi omillar tasir o’tkazishi 
mumkin: 
Feoxromositoma — buyrak usti bezi o’simtasi, natijada insulinga aks ta’sir 
etuvchi gormonlar ko’p ishlab chiqariladi; 
Buyrak usti bezlari giperfaolligi (giperkortitsizm); Gipertireoz; Jigar sirrozi
Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi; 
Vaqtinchalik giperglikemiya - qonda glyukoza miqdorining vaqtinchalik oshishi. 
Muammoning eng muhim asosi to’qima bilan insulin o’zaro ta’sirlashuvi 
buzilishi hisoblanadi. Glyukoza organizmga hayotiy jarayonlarni davom ettirish 
uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak. To’qimalarga glyukozaning o’tmasligi, 
glyukozaning glikogen sifatida jigarda depo bo’lib to’planmasligi uning qo’ndagi 
miqdorini oshishiga sabab bo’ladi. Ana shu o’zgarishlar qandli diabet nomini oladi. 
Har qanday giperglikemiya haqiqiy diabet deb sanalmaydi. Faqat insulin ta’sirida 
kechadigan o’zgarishlarga bunday kasallik deb qaraladi. 

Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin