Qandli diabet kasalligini glukometr asbobida



Yüklə 435,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix17.09.2023
ölçüsü435,23 Kb.
#144665
1   2   3   4   5   6   7   8
qandli-diabet-kasalligini-glukometr-asbobida-aniqlash

Alomatlari: 
Qandli diabet belgilari bosqichma-bosqich rivojlanadi va sekinlik 
bilan namoyon bo'la boshlaydi. Asosan qonda glyukoza miqdorining yuqori bo'lishi 
kuzatiladi. Bemorlarda kasallik paydo bo'la boshlanganida quyidagi asosiy alomatlar 
seziladi:
 
Polidipsiya - qondirib bo'lmas doimiy chanqoqlik,
 
poliuriya - siydikda 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1139 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
erigan glyukoza hisobiga osmotik bosimning ortishi natiajasida kunlik peshob 
ajralishining oshishi, polifagiya - doimiy qondirib bo'lmas ochlik. Modda 
almashinuvi buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
 
Ozib ketish — ayniqsa diabetning 1-tipi uchun xarakterli. Hujayralarning 
energetik almashinuvida uglevod ishtirok etmasligi sababli oqsil va yog'larning faol 
katabolizmi tufayli sodir bo’ladi. Bundan tashqari kasallikning ikkilamchi belgilari 
ham mavjud. Ular asta-sekin rivojlanadi va har qanday turdagi diabet uchun 
xarakterlidir. Doimiy ravishda og'izning quruqligi, tana vaznining kamayishi yoki 
birdan oshib ketishi, terining kuchli qichishi va quruqlashishi, teri va yumshoq 
to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo'lishi, mushaklarning kuchsizligi va haddan 
tashqari terlash, har qanday yaralarning qiyin tuzalishi, ko'rish buzilishi, bosh og'rig'i, 
aylanishi va aqliy faoliyatning pasayishi, yurak og'rig'i, jigarning kattalashishi, 
oyoqlarda og'riq va yurishning buzilishi, teri, ayniqsa oyoqlarda sezgirlik kamayishi, 
yaralar paydo bolishi, qon bosimining oshishi, yuz va oyoq shishishi, bemordan 
atseton hidi kelishi. 
Tashxislash: 
Agar kasallik mavjudligiga shubha bo'lsa uni tasdiqlash yoki inkor 
qilish kerak bo'ladi. Buning uchun bir qator laboratoriya va instrumental diagnostik 
usullar bor va bu tahlilar yordamida kasallikka aniq tashxis qo'yilishi mumkin. Ularga:
 
qonda glyukoza miqdori och qolganda glyukoza miqdorini aniqlash, glyukozaga 
sezuvchanlik sinovi och holatda va ovqatdan keyin ikki soat otib qondagi glyukoza 
miqdorini solishtirish, glikemik kuzatuv kun davomida qondagi qand miqdorini bir 
necha bor tahlil qilish.
 
Davolash samarasini o'rganish uchun qo'llaniladi, siydikda 
glyukoza, oqsil, oq qon hujayralari mavjudligini tekshirish, siydikda atseton 
mavjudligini tekshirish, qonda glikolizlangan gemoglobin miqdorini aniqlash, 
qonning biokimyoviy tahlili, qondagi endogen insulinni aniqlash, EKG — diabet 
oqibatida miokard ko’rgan zararni aniqlash, UTT, kapilyaroskopiya kabilar 
yordamida qon tomirlar shikastlanish darajasini o'rganish.

Yüklə 435,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin