Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1138
w
www.oriens.uz
January
2022
autoimmun kasalliklar sabab bo’lishi mumkin. Insonda bu kasallik genetik ravishda
determinatsiyalangan va 6 xromosomada joylashgan qator genlarning nuqsoni
tomonidan moyillik yaratib berilgan boladi. Ushbu nuqsonlar organizmning me’da
osti bezi hujayralariga bo’lgan autoimmun agressiyani kuchayrtiradi va β-
hujayralarning regeneratsion qobiliyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Shuningdek,
provokatsion omillar sifatida oshqozon osti bezi hujayralarining uzoq muddatli
gipoksiyasi, uglevod va yog’larga boy, oqsil esa kam bo’lgan parhez ham xizmat
qilishi mumkin. Bu hujayralarning sekretor funktsiyasi pasayishi va oxir-oqibat
ularning nobud bo’lishiga olib keladi. Hujayralarning massiv nobud bo’lishidan keyin
ularning autoimmun shikastlanishi mexanizmi faollashadi. Diabetni 1-turidan
butunlay davolanib bo’lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez faoliyati me’yorda ushlanib,
parhezga amal qilinsa, kasallik ortiqcha bezovta qilmaydi. Doimiy ravishda sun’iy
insulin qabul qilish talab etiladi. Insulin oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi
bois, u faqat inyektsiya orqali kiritiladi. Qat’iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan
yengil hazm bo’luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar, mevali sharbatlar) butunlay
chiqarib tashlash kerak.
Ekstrapankreatik yetishmovchilik (2-tip diabet). Eski nomlanishi-insulinga
bog'liq bo'lmagan diabet. Ko'pincha yoshi kattalar, semizlikdan aziyat chekadigan
(asosiy xavf omili, bemorlarning 80% da tana vaznining ortiqchaligi qayd qilinadi),
40 yoshdan oshgan kishilar xastalanadi. Retseptorlar strukturasi o'zgarishi yoki
sonining kamayishi natijasida gormon bilan ta'sirlasha olmaydi. Shuningdek ba'zida
gormonni o'zining tuzilishi o'zgarishi ham mumkin (genetik nuqsonlar). Semizlikdan
tashqari, 2-tip diabetning xavf omillariga quyidagilar kiradi: Qarilik; chekish; alkogol
iste’mol qilish; arterial gipertoniya; surunkasiga ortiqcha ovqatlanish; kamharakat
hayot tarzi. Diabetning 2-tipiga irsiy moyillik bo'lishi isbotlangan. Bunga
gomozigotali egizaklarda kasallik mavjud bo’lishining 100% mos kelishi ishora
qiladi. Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak bo'lavermaydi. Faqatgina
malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi. Avvalo, bunday bemorlarga
parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana
vaznini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3 kg dan tushirib borish tavsiya
etiladi. Parhezga amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng
og'ir hollarda insulin buyuriladi.
Dostları ilə paylaş: