Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 2 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-12-17 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 14 February, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal modernizatsiyalash sharoitida zarur tezkorlikni ta‟minlaydi, ishlab chiqarishda
chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi. Zero, bularsiz yuksak
samaradorlikka erishib bo„lmaydi. Masalan, AQSHda turli yo„nalishdagi 19 mln.dan
ortiq mustaqil firmaning 90 foizdan ziyodi mayda korxonalarni tashkil etadi.
Yaponiyada o„rta va kichik korxonalar tarkibiga kiradigan 10 mln.dan ortiq mustaqil
kompaniyalar mavjud bo„lib, ularning 99 foizi kichik biznes sektorida faoliyat
ko„rsatar ekan, AQSH va Yaponiyada ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 60
foizdan ortig„i ana shunday korxonalar hissasiga to„g„ri kelmoqda.
AQSHda yangi ishchi o„rinlarining 3 dan 2 qismi mayda firmalarda tashkil
etadi. Masalan, 1970 yilda 264 mingta, 1980 yilda 532 mingta, 1988 - 1990 yillarda
682 mingta kichik korxona va firmalar tashkil topishi aholini ish bilan ta‟minlashda
katta imkoniyat yaratdi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik AQSH
taraqqiyotida muhim o„rin tutadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Jahon tajribasi shuni ko„rsatmoqdaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari barqaror iqtisodiy o„sishning asosiy omili, iqtisodiy kon‟yunkturaning
o„zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy
ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo„lgan xo„jalik sub‟ektlari
sifatida keng faoliyat yuritmoqda.
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini izchil
rivojlantirish natijasida aholini yangi ish joylari va daromad manbai bilan ta‟minlash,
joylarda tashabbuskorlikni rag„batlantirish orqali aholi orasida tadbirkorlik
ko„nikmalarini ommalashtirish imkoniyatlari paydo bo„ladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari milliy iqtisodiyotning
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois, bugungi kunda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatda o„rta mulkdorlar sinfini
shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va sifatli zaruriy tovar va xizmatlar bilan
to„ldirish, yangi ishchi o„rinlarini yaratishga, shuningdek, ular tomonidan ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo„naltirish orqali mamlakatimizning
eksport salohiyatini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda biz turli manbalarni o„rganish asosida rivojlangan va rivojlanish
bosqichiga kirayotgan bir necha xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalarini
o„rganish va tahlil etish asosida ulardan mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishda kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy