Boshqaruv subyekti sifatida firmalar bo‘limlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bo‘linma, yakka shaxs va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin. Boshqaruv obyekti sifatida xodim, mehnat
Boshqaruv subyekti sifatida firmalar bo‘limlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bo‘linma, yakka shaxs va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin. Boshqaruv obyekti sifatida xodim, mehnat
jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.k. bo‘ladi. Masalan, usta uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer yoki boshqaruv subyekti, ishchilar esa — boshqaruv obyektlari bo‘ladi. Tashkilotning tijorat direktori bo‘linmalarning ishini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv subyekti, ko‘rsatilgan bo‘linmalar — boshqaruv obyektlari bo‘ladi.
Boshqaruvning boshqa ta’riflari ham mavjud. Masalan, ko‘zga
Boshqaruvning boshqa ta’riflari ham mavjud. Masalan, ko‘zga
ko‘ringan tadqiqotchi P.Druker (AQSH) hisoblaydiki, boshqaruv bu tashkil qilinmagan to'dani samarali maqsadga yo‘naltiruvchi va ishlab chiqarish guruhiga aylantiruvchi faoliyatning asosiy turidir.Amerikalik olim K.Killen boshqaruvni ≪ishni boshqalarning qo‘li bilan bajarish≫ sifatida belgilaydi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa — boshqaruv subyektining obyektga boshqaruv buyruqlari, qarorlar, tavsiyalar va har qanday ko‘ri-
nishdagi ta’siridir.
Teskari aloqa — boshqaruv obyektidan boshqaruv subyektiga chiquvchi axborotdir.
Boshqaruv tizimini ikkita tizimchalar — boshqaruvchi (boshqaruv
Boshqaruv tizimini ikkita tizimchalar — boshqaruvchi (boshqaruv
subyekti) va boshqariluvchi (boshqaruv obyekti) hamda