Innovatsion menejment — mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o‘z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo‘nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.
Savdo menejmenti — savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo‘ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha oqilona boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.

Boshqaruv subyekti sifatida firmalar bo‘limlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bo‘linma, yakka shaxs va boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin. Boshqaruv obyekti sifatida xodim, mehnat