Qaror qabul qilish tizimlarida axborot turlari


Ekspert sistemalarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari



Yüklə 149 Kb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü149 Kb.
#37879
1   2   3   4   5   6
qaror qabul qilish

Ekspert sistemalarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari.

Ekspert degan so`z sizga nimani anglatadi va ekspert deb atalgan inson qanday ishlarni bajaradi? Ekspertning bajaradigan ishlarini kompyuter amalga oshira olsa biz qanday afzalliklarga erishishimiz mumkin? Bu muammolar ustida do`stlaringiz bilan birgalikda bosh qotiring va biror bir yechimga kelgandan so`ng quyidagi material bilan tanishishni davom ettiring.

Ma’lum muammo sohasidagi masalalarni yechishga mo`ljallab yaratilgan intellektual sistema ekspert sistemasi deyiladi. Ekspert sistemalari bilimlarini to`lg`azish manbai bo`lib, shu soha ekspertlari xizmat qiladi. Barcha ekspert sistemalarning ishi konkret muammo sohasidan olingan qat’iy ekspert ma’lumotlariga asoslanadi.

Faraz qilaylik, quyidagi masalani yechish uchun ekspertlar guruxi yig`ildi: daryo bo`yida joylashgan korxonalardan istalgani oqizgan bo`lishi mumkin bo`lgan neft dog`lari daryoda kuzatildi. Asosiy maqsad qaysi korxona neftni oqizganini topish va ifloslanish sabab, oqibatlarini bartaraf etishdir. Eng avvalo, bunday masalani yechuvchi ekspert sistemasi hisoblashni bilishi kerak. Neft oqizilgan joyni taxminan bilish uchun neftni suvga aralashish vaqti, daryo oqimi tezligi va yo`nalishi kabi ma’lumotlarni ishlatish kerak. Bunday ma’lumotlar yig`ilib, neft oqizilgan joy taxminan aniqlangandan keyin maxsus qoidalardan, masalan E1 va E2, foydalanib, aybdorni aniq topish mumkin. Bu qoidalar evristik qoidalar deyiladi. Evristik qoidalar oddiy qoidalar asosida emas, balki ekspertning amaliy bilimiga asoslanadi.

E1 qoida:

AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir korxona joylashgan bo`lsa,

U XOLDA shu korxona neftni daryoga oqizgan .

E2 qoida:

AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida birnecha korxona joylashgan bo`lsa,

U XOLDA eng ko`p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga okizgan. Maqsadga erishish uchun ko`rib chiqilayotgan variantlar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi va fikrlash samarasini oshiruvchi soddalashtirishlar qo`llaniladi. Ekspert sistemalarida evristik qoidalar asosida ishlatiladigan soddalashtirish mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyiladi. Quyida evristik qidiruv mexanizmi keltirilgan.Evristik qidiruv mexanizmi suvni ifloslantirgan eng extimoli ko`p bo`lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilgari surilgan gipotezani tekshirish uchun ekspert sistema boshqa qoidalar to`plamini ishlatishi mumkin. Eng avvalo korxona neft quvuri sistemasidagi nosozliklar qaraladi. Bunday evristik qoida foyda keltirishi mumkin:

AGAR fabrika neft quvurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik bo`lsa, U XOLDA 2 yoki 3-uchastkalarni tekshirish kerak.

Bunday qoidani faqat shu sohani biluvchi inson, ya’ni ekspert aytishi mumkin. Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:




Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin