Qarori kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida


Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə22/29
tarix13.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#175804
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
535 қарор

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Ma’muriy reglament Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi (keyingi o‘rinlarda — kadastr muhandisi) — yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;
malaka imtihoni — kadastr muhandisiga qo‘yilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yo‘naltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan imtihon;
malaka shahodatnomasi — malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjat;
talabgor — kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs.
3. Kadastr munosabatlari sohasida tayyorlash kurslarida o‘qishni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Palata) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi yoki ish stajiga ega bo‘lmagan holda kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lishi.
5. Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi.
Bunda kadastr muhandisi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzadi yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin