Qarori kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risidaTadbirlar Bajarish muddatlari
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5a-ILOVA Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘p yillik dov-daraxtlarning turlari, soni va ular egallagan maydon to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritish orqali amalga oshiriladi. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini qamrab oladi. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqining yuzaga kelishi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 3. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi va cheklanishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi: xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini ularda joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlar bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori; ko‘p yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, ko‘p yillik dov-daraxtlarning renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga o‘tishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar; ko‘p yillik dov-daraxtlarni yo‘q qilish to‘g‘risida mulkdorning qarori; ko‘p yillik dov-daraxtlarning tabiiy ofatlar natijasida barham topganligini tasdiqlovchi hujjatlar; sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor o‘rtasida ko‘p yillik dov-daraxtlarni berish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma. Huquqning bekor bo‘lishi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: ko‘p yillik dov-daraxtlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma; ko‘p yillik dov-daraxtlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma; ko‘p yillik dov-daraxtlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma. Huquqlarning cheklanishi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 4. Ijaraga olingan yer uchastkasida yaratilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ham boshqa shaxsga o‘tadi. 5. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 6. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi. Yüklə 0,89 Mb. Dostları ilə paylaş: |