5.1. Ushbu kelishuvga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda amalga oshiriladi va shartlashayotgan Taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
5.2. Ushbu kelishuv bo‘yicha nizolar Taraflar tomonidan muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi, kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmaganda esa — sud orqali hal etiladi.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti
2-ILOVA
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Servitutni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qiladi
yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi
O‘z xohishiga
ko‘ra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
So‘rovnomani Palataga yuboradi
So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan
3-bosqich
Palata
1. Servitutni ro‘yxatdan o‘tkazadi, tegishli reyestrdan ko‘chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.
2. Servitutni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan Reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-
kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilganda Reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti
3-ILOVA
__________________
(sanasi)
________________
(raqami)
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (JShShR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. To‘liq nomi:
2. STIR:
3. Yuridik manzili:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
II. Ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida ma’lumot:
1. Ko‘chmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
2. Ko‘chmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, mo‘ljal):
3. Ko‘chmas mulkning kadastr raqami:
So‘rovnomaga ilova:
Servitut kelishuvi yoki sudning hal qiluv qarori
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga
5-ILOVA
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) respublika miqyosida nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) berish tartibini belgilaydi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi so‘rovnomalari bundan mustasno).
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ma’lumotnoma taqdim etadilar.
3. Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
4. Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi 5. Ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi yoki davlat organi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang. 7. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son) 8. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (har bir shaxs uchun).
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
9. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) davlat organlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — davlat organlari hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki davlat organlari orqali murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng so‘rovnoma real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 13. Palata so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) 14. Davlat xizmatlari markazlari ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.