7-bob. Kadastr muhandislari reyestri 58. Agentlik tomonidan kadastr muhandislari reyestri yuritiladi va unda kadastr muhandislarining quyidagi ma’lumotlari qayd etiladi:
kadastr muhandisining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
malaka shahodatnomasining raqami, berilgan sana;
malaka shahodatnomasi olingan sana;
malaka imtihonida qayd etilgan natija;
malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish, qayta rasmiylashtirish haqidagi ma’lumotlar.
59. Kadastr muhandislari reyestri elektron shaklda yuritiladi.
60. Kadastr muhandislari reyestriga kiritilgan ma’lumotlardan ochiq foydalanilishi mumkin.
Kadastr muhandislari reyestri Agentlikning rasmiy veb-saytida aks ettiriladi.
61. Kadastr muhandisi tomonidan kadastr yig‘majildi tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar Mazkur reglamentga 4-ilovaga muvofiq minimal stavkalar asosida amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar 62. Mazkur Reglamentni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
63. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malakasini oshirish va unga malaka shahodatnomasini berish SXEMASI