3-bob. Yakunlovchi qoidalar 18. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqiga ega bo‘lgan kundan boshlab 1 oy mobaynida
Arizani Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi
So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari
1. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazadi, Reyestrdan ko‘chirmani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
2. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan Reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilganda Reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchiga beradi.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
________________
________________
(sana)
(raqami)
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami):
3. JShShIR:
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. To‘liq nomi:
2. STIR:
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
III. Ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida ma’lumot:
1. Ko‘p yillik dov-daraxtlar o‘sadigan yer uchastkasining kadastr raqami:
2. Yer uchastkasining manzili (indeks, manzil, mo‘ljal):
IV. So‘rovnomaga ilova:
1. Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga
5b-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Palata) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda taqdim etiladi.
3. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
bino va inshootlarning joylashgan manzili;
bino va inshootlarning kadastr raqami;
bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
bino va inshootlarning kadastr qiymati.
4. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi 5. Ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki davreestr.uz veb-sayti (belgilangan tartibda avtorizatsiya va identifikatsiyadan o‘tish lozim) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
6. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa — ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.
7. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
9. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etilganda mablag‘larning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga, 40 foizi Palata hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng so‘rovnoma real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi.
YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa — so‘rovnoma avtomatik tarzda Palataga yuboriladi.
13. Palata so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari ma’lumotnoma tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (ko‘chmas mulk mulkdori tomonidan o‘z bino va inshootlarining mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun yo‘llangan so‘rovnomalar bundan mustasno).