Qarori kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida


Subyektlar Tadbirlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə8/29
tarix13.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#175804
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
535 қарор

Subyektlar




Tadbirlar




Bajarish muddatlari






















1-bosqich




Ariza beruvchi




Ipotekani davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tijorat banklari, davlat notarial idoralari (vakolatli organlar) orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi




O‘z xohishiga
ko‘ra






























2-bosqich




Vakolatli organ




So‘rovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi




So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan






























3-bosqich




Markaz




1. Ipotekani ro‘yxatdan o‘tkazadi, tegishli reyestrdan ko‘chirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.
2. Ipotekani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.




1 ish kuni mobaynida






























4-bosqich


Vakolatli organlar


1. QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan tegishli reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu xaqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Ariza beruvchining o‘zi kelib murojaat qilganda reyestrdan ko‘chirmani ariza beruvchiga beradi.




Real vaqt rejimida










Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

__________________
(sanasi)







_______________
(raqami)

Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA


I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.:




2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami):




3. STIR (JShShR):




4. Yashash manzili:




5. Telefon raqami:




6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):




I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:




2. STIR:




3. Joylashgan joyi:




4. Telefon raqami:




5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):




II. Ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida ma’lumot:

1. Ko‘chmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):




2. Ko‘chmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, mo‘ljal):




3. Ko‘chmas mulkning kadastr raqami:




4. Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)

III. So‘rovnomaga ilova:

Ipoteka shartnomasi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga
3-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
3. Shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
8. Ariza beruvchi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlarii xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning 80 foizi Markaz hisobvarag‘iga, 20 foizi tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
13. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
16. Quyidagilar shartnomani davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
17. Markaz so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi xaqida QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga Reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin