Qarori kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida


Tadbirlar Bajarish muddatlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/29
tarix13.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#175804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
535 қарор

Tadbirlar




Bajarish muddatlari






















1-bosqich




Arizaberuvchi




1. Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.




O‘z xohishiga ko‘ra






























2-bosqich




1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP




So‘rovnomani tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.




1. So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan
2. Avtomatik tarzda






























3-bosqich




DKfiliali




1. Obyektda joyiga chiqib o‘lchov ishlarini amalga oshiradi va to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
2. Obyekt manzilini belgilaydi yoki o‘zgartiradi (talab etilganda).




Re�lamentda ko‘rsatilgan
(obyekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda






























4-bosqich


1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP


Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi.




1. Real vaqt rejimida
2. Avtomatik tarzda































5-bosqich




Arizaberuvchi




Xabarnomada (invoys) belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.




1 oy mobaynida





























6-bosqich




1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP




Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi.




1. Real vaqt rejimida
2. Avtomatik tarzda










Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

__________________
(sanasi)




__________________
(raqami)

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish to‘g‘risida
SO‘ROVNOMA

I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.:




2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lsa):




3. Telefon raqami:




4. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):




I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. Rasmiy nomi (to‘liq):




3. Joylashgan joyi:




4. Telefon raqami:




5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):




II. Ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida ma’lumot:

1. Ko‘chmas mulk obyektining turi:

yakka tartibdagi turar joy (dala hovli);

yer uchastkasi;

Ko‘p kvartirali uyda joylashgan:

Turar joy;

Noturar joy;

Noturar joy;

Ko‘chmas mulk obyektining holati:

Qurilishi tugallangan;

Qurilishi tugallanmagan;

2. Ko‘chmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):




3. Ko‘chmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, mo‘ljal):




4. Manzil o‘zgarganmi?

Ha; (manzil uchun pullik)

Yo‘q;

5. Ko‘chmas mulkning kadastr raqami: (mavjud bo‘lsa)

Yo‘q;

Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)

III. Kadastr pasportini tayyorlashning maqsadi:

1. Yangi ko‘chmas mulk obyektiga (birlamchi) kadastr pasportini shakllantirish
(to‘lov asosida)

ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

yer uchastkasining kadastr pasporti;

ko‘p kvartirali turar joyda joylashgan noturar joyning kadastr pasporti;

qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

2. Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, obyektda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda bepul asosda kadastr pasportini berish

kadastr pasporti yaroqsiz holga kelganda yoki yo‘qolganda;

begonalashtirilganda (egasi o‘zgarganda);

rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilgand, obyektning qolgan qismiga.

3. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallang�n bino va inshootlarning kadastr pasporti, obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma va reyestrdan ko‘chirmasini bir vaqtda berish

a) kadastr pasporti (to‘lov asosida);

b) obyektni foydalanish uchun ruxsatnomasi (bepul);

v) ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma (bepul).

4. Ko‘chmas mulk begonalashtirilganda yoki eski kadastr hujjatini (o‘zgarishsiz) yangi shakldagi kadastr pasportiga yangilash (bepul)




Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)

Kadastr pasporti shakli:

qog‘oz shaklida




plastik shaklda




IV. So‘rovnomaga ilova:

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan nusxasi: (notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shatrnomasi, sud qarori va uning rekvizitlari va shunga o‘xshash hujjatlar) mavjud bo‘lganda.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga
2-ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni (keyingi o‘rinlarda — ipoteka) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olishda ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza berilmasdan va ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi.
6. Tijorat banklari, davlat notarial idoralari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) va Markaz o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin