Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 1 Mb.
səhifə13/20
tarix29.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#169838
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
331 карор

NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Bolalar kutubxonalari”ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Bolalar kutubxonalari” davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, bank hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
3. “Bolalar kutubxonalari” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyruqlariga, shuningdek ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Respublika “Bolalar kutubxonasi” O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tizimiga kiradi.
4. “Bolalar kutubxonalari”ning namunaviy ustavi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. “Bolalar kutubxonasi” mazkur namunaviy ustav asosida o‘z ustavini ishlab chiqadi. Ustav muassis tomonidan tasdiqlanadi.
5. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tegishlicha “Bolalar kutubxonalari”ning muassislari hisoblanadi.
6. “Bolalar kutubxonalari”ning umumiy faoliyati Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Respublika bolalar kutubxonasi Vazirlik tizimidagi barcha kutubxonalar ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi metodik markaz hisoblanadi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonalari” umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalariga kutubxonachilik va bibliografik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha metodik yordam beradi va ularning ishlarini muvofiqlashtirib boradi. Kutubxonalar fondini bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, turli janrdagi bolalar adabiyotlari bilan to‘ldirib boradi.
8. “Bolalar kutubxonalari” bolalarga kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilishga xizmat qiladigan, ularni xalqimizning boy intellektual madaniy merosi va umumbashariy qadriyatlari, fan-texnikaga oid adabiyotlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yangi axborot-kutubxona texnologiyalari orqali qondirishga mo‘ljallangan milliy va xorijiy bolalar nashrlarini (bosma, audiovizual, elektron va boshqa) saqlaydigan, kutubxona xizmati ko‘rsatadigan madaniy-ma’rifiy muassasadir.
9. “Bolalar kutubxonalari”ning axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin