Qarori minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 275,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü275,65 Kb.
#165443
1   2   3   4   5
544 27.08.2021

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2021-yil 27-avgust, 
544-son 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 544-son 
qaroriga
ILOVA
Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi 
to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom aholining real iste’mol xarajatlari, xususiyatlari va tarkibidan kelib chiqib, 
aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibini 
belgilaydi. 
2. Mazkur Nizom BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon 
banki, FAO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan minimal iste’mol xarajatlari qiymati va 
kambag‘allik chegarasini hisoblash bo‘yicha berilgan tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan. 
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: 
kambag‘allik — aholi iqtisodiy imkoniyatlarining hayot kechirish uchun zarur minimal 
ehtiyojlarini qondirishiga yetarli darajada bo‘lmasligi; 
kambag‘allik chegarasi — aholining real xarajatlari tarkibidan kelib chiqib hisoblanadigan 
bir kishi uchun minimal iste’mol xarajatlari qiymati;
minimal iste’mol xarajatlari (keyingi o‘rinlarda — minimal xarajatlar) — uy xo‘jaliklarining 
real iste’mol qiymatlari va tarkibini o‘rganish asosida ularning sog‘lom hayot kechirishlari uchun 
zarur bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar uchun minimal xarajatlarning 
hisoblangan qiymati; 
minimal kilokaloriya — inson organizmining hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan minimal energiyaviy qiymat;
protsentil — so‘rovda ishtirok etgan uy xo‘jaliklarini jon boshiga nisbatan jami xarajatlarga 
ko‘ra 1 foizlik guruhlarga ajratish; 
real iste’mol qiymati — so‘rovnomada uy xo‘jaligi tomonidan tovar va xizmatlar uchun 
amalga oshirilgan xarajatlarning puldagi ifodasi; 
target guruhi — so‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar orasidan iste’mol xususiyatiga 
ko‘ra ajratib olingan kichik guruh; 
uy xo‘jaligi — ma’lum bir uy-joyda birga yashovchi, daromadlarini to‘liq yoki qisman 
birlashtirgan holda umumiy ro‘zg‘or yurituvchi kishilar guruhi. Bunda uy xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida 
qarindoshlik aloqalari bo‘lishi shart emas; 


uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi — uy xo‘jaligi budjetining shakllanishi va taqsimlanishini 
aniqlash hamda ularning hayot darajasini kuzatishga yo‘naltirilgan tanlanma so‘rov usuli; 
Engel koeffitsiyenti — uy xo‘jaligining jami xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 
qiymatining ulushi. 
4. Ushbu Nizom minimal iste’mol xarajatlarining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvi natijalari 
asosida aholining real iste’moli tarkibidan kelib chiqib, statistik usul orqali hisoblashga 
mo‘ljallangan. 
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi minimal xarajatlari va kambag‘allik 
chegarasini hisoblashda bir xil uslubiy yondashuvni ta’minlaydi. 
5. Aholining minimal xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash ushbu 
Nizomga 
ilovaga
 muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Yüklə 275,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin