6-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Kambag‘allik darajasi — xarajati (yoki daromadi) minimal xarajatlar qiymatidan past
bo‘lgan aholining jami aholiga nisbati orqali aniqlanadi.
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik
hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi
nizomga
ILOVA
Aholining minimal xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Muddatlar
Mas’ul organlar
1-bosqich
Minimal xarajatlar qiymatining
prognoz parametrlarini
inflatsiya
kutilmalaridan kelib chiqib
hisoblash
Har yili avgust
oyida
Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish
vazirligi
2-bosqich
Minimal xarajatlar qiymatining
prognoz ko‘rsatkichlarini kelgusi
yil uchun O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti
xarajatlari parametrlarini
shakllantirishda inobatga olish
Har yili
dekabr
oyida
Moliya
vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi
3-bosqich
Yillik minimal xarajatlar va
kambag‘allik
darajasining
amaldagi qiymatini e’lon qilish
Hisobot yilidan
keyingi yilning
20-yanvariga
qadar
Davlat statistika
qo‘mitasi,
Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi
4-bosqich
Minimal xarajatlar tarkibini
respublika
iqtisodiyotining
rivojlanishi hamda aholi daromad
va xarajatlarining o‘zgarishini
inobatga olgan holda qayta ko‘rib
chiqish
Har besh yilda
Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi,
Davlat statistika
qo‘mitasi,
Moliya vazirligi
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/544/0829-son)