14. Uy xo‘jaligining o‘rtacha oylik jon boshiga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlariga
sarflangan xarajatlarining umumiy xarajatlardagi ulushini aniqlash orqali har bir uy xo‘jaligining
Engel koeffitsiyenti hisoblanadi.
Eng
m
— Engel koeffitsiyenti;
— m uy xo‘jaligining aholi jon boshiga jami oziq-ovqat xarajatlari qiymati;
— m uy xo‘jaligining aholi jon boshiga jami xarajatlari qiymati.
Masalan, agar uy xo‘jaligining jami iste’moli tarkibida oziq-ovqat xarajatlari 304 404 so‘m,
jami xarajatlari 439 860 so‘m bo‘lsa, u holda quyidagicha hisoblanadi:
15. Minimal oziq-ovqat xarajatlari qiymatini Engel koeffitsiyentining o‘rtacha miqdoriga
bo‘lish orqali bir kishi uchun o‘rtacha oylik minimal xarajatlar qiymati aniqlanadi.
Masalan, tanlangan guruh bo‘yicha o‘rtacha Engel koeffitsiyenti 69 foiz, minimal oziq-ovqat
xarajatlari 304 404 so‘m bo‘lsa, u holda:
16. Minimal xarajatlar hisoblangan yil bazaviy yil bo‘lib, kelgusi yil uchun minimal
xarajatlar oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlari darajasidan kelib chiqib,
indeksatsiya qilib boriladi.
Bunda iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va
xizmatlarning narxlari o‘zgarishi va ularning minimal xarajatlardagi ulushlari ko‘paytmasining
yig‘indisi orqali minimal xarajatlardagi narxlar o‘zgarishi hisoblanadi.
MX
inf
— minimal xarajatlardagi narxlar o‘zgarishi;
MOX
ind
— minimal oziq-ovqat xarajatlarining minimal xarajatlardagi ulushi;
Inf
00
— iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi;
HOX
ind
— minimal xarajatlar tarkibida nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi;
Inf
no
— iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi nooziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi;
XX
ind
— minimal xarajatlar tarkibida xizmatlarning ulushi;
Inf
xiz
— iste’mol narxlari indeksi tarkibidagi xizmatlar narxining o‘zgarishi.
Minimal xarajatlardagi narxlar o‘zgarishini o‘tgan davrdagi minimal xarajatlar qiymatiga
ko‘paytirish orqali hisobot davrida minimal xarajatlar qiymati aniqlanadi.
MX
t
=MX
t-1
*MX
inf
Dostları ilə paylaş: